Kirish Ro'yxatdan o'tish

EA Sports 2023/24 yilgi mavsumdan boshlab La Liganing bosh homiysi bo‘ladi

EA Sports 2023/24 yilgi mavsumdan boshlab La Liganing bosh homiysi bo‘ladi

Baho:
+ | -

EA Sports keyingi mavsumdan boshlab La Liganing titul homiysi bo‘ladi.

Marca nashri liga sport video o‘yinlarini ishlab chiqish va nashriyot kompaniyasi bilan 5 yillik shartnoma imzolashini e’lon qildi. Bu kelishuvdan La Liga yiliga 30 million yevro oladi.

2020 yil iyun oyida EA Sports va La Liga 10 yillik hamkorlik shartnomasini tuzdilar. Unga ko‘ra, Ispaniya chempionati mavsum uchun 30 million yevro olgan. Endilikda EA Sports chempionatning titul homiysiga aylanadi va jami La Liga kompaniyadan yiliga 60 million yevro oladi.

Ilgari La Liganing titul homiysi Ispaniyaning Santander moliyaviy-kredit guruhi bo‘lgan. U bilan hamkorlik doirasida Ispaniya chempionati yiliga 17 million yevro olgan.

Kiritildi: 15:53, 02.08.2022.
O'qildi: 1264 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик