"Arsenal" futbolchisiga yangi xaridor topildi. Xabarlarga ko‘ra, jamoa yarim himoyachisi Lukas Torreyra Turkiya chempionatiga yo‘l oladi. Unga "Galatasaray"dan taklif bor. Urugvaylik futbolchi Kichik Osiyo yarimorolida yiliga 3 million yevrolik bitimga ega bo‘ladi.
Bu esa haftasiga 50 ming funt degani. Torreyra "Arsenal" safida haftasifa 75 ming funt maosh olar edi. U o‘tgan mavsumni "Fiorentina" safida, ijara asosida o‘tkazgan.