Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Chelsi" sobiq futbolchisi: "Ronalduning hatti-harakat "MYU"ga nisbatan hurmatsizlikdir"

"Chelsi" sobiq futbolchisi: "Ronalduning hatti-harakat "MYU"ga nisbatan hurmatsizlikdir"

Baho:
+ | -

"Chelsi" va Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Frank Lebyof "Manchester Yunayted"ning "Rayo Valyekano"ga (1:1) qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning "Old Trafford"ni muddatidan oldin tark etishiga izoh berdi. Eslatib o‘tamiz, Ronalduning o‘zi birinchi bo‘limdan keyin zaxiraga olingandi va o‘yin yakunlanishiga kutmasdan ketib qolgani aytilgandi.

Lebyofning so‘zlariga ko‘ra, bunday xatti-harakati portugaliyalik taniqli hujumchi uchun yarishmaydi.

"Menimcha, bu noto‘g‘ri. Bu noprofessionallik. Men uni hurmat qilaman, lekin uning hatti-harakati klubga nisbatan hurmatsizlikdir", - dedi Lebyof ESPN bilan suhbatda.

Avvalroq Ronalduning agenti Jorje Mendesh mijozi uchun yangi klub qidirayotgani haqida xabar berilgandi. Hujumchini qo‘lga kiritish uchun asosiy favoritlar qatorida "Napoli" va "Atletiko" klublari bor.

37 yoshli forvard o‘tgan mavsumda “Manchester Yunayted” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 17:26, 02.08.2022.
O'qildi: 2631 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик