Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Shaxmat-2022. O‘zbekiston erkaklar jamoasi Slovakiyani tor-mor keltirdi

Shaxmat-2022. O‘zbekiston erkaklar jamoasi Slovakiyani tor-mor keltirdi

Baho:
+ | -

Hindistonning Chennay shahrida shaxmat olimpiadasida beshinchi kun bahslari yakunlanib bormoqda. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bugun Slovakiyaga qarshi bahs olib borishdi.

Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov va Nodirbek Yoqubboyev raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan g‘alaba qozonishdi. Jahongir Vohidov esa raqibi bilan uzoq vaqt o‘ynadi. Bahs davomida vatandoshimiz jiddiy ustunlikka ega bo‘ldi. Ammo ba’zi xatolar tufayli raqib o‘yinni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Shunga qaramasdan, hamyurtimiz o‘yinni g‘alabaga qadar olib bordi.

Shu tariqa, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Slovakiya ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, yetakchilar safidagi o‘rnini mustahkamladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:38, 02.08.2022.
O'qildi: 2064 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик