Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Superliga. Jangovar kurashlarga boy kechgan Farg‘ona derbisida kuchlar teng keldi

Superliga. Jangovar kurashlarga boy kechgan Farg‘ona derbisida kuchlar teng keldi

Baho:
+ | -

Kechadan O‘zbekiston Coca Cola superligasida 2-davra o‘yinlariga start berildi. Bundan biroz oldin Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida “Qo‘qon-1912” hamda “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi Farg‘ona “derbi”si bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv kutilganidek haqiqiy “derbi”ga xos va mos tarzda shiddatli tarzda bo‘lib o‘tdi. Har ikki jamoaga bu o‘yinda qo‘lga kiritiladigan g‘alaba suv va havodek zarur edi. Har ikki jamoa bosh murabbiylari uchun bu o‘yin debyut o‘yini bo‘lganligi ham alohida ahamiyat kasb etdi. Sababi Davron Fayziyev ham Vitaliy Levchenko ham o‘z debyutlarida g‘alaba qozonishni juda ham xohlashgani aniq.

Uchrashuv shiddatli ravishda tus oldi. 2-daqiqada Bilolxon Toshmirzayevning zarbasi biroz noaniq bo‘ldi. 9-daqiqada hakam qo‘qonliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. 10-daqiqada Shahzodbek Ubaydullayev penaltini aniq amalga oshirib hisobni ochdi.  16-daqiqada “Neftchi” futbolchisi Abbos G‘ulomov, raqib futbolchisiga nisbatan o‘ta qo‘pol o‘ynaganligi sababli maydondan chetlatildi.35-daqiqada Shohnazar Norbekov hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Unga kuchli zarba yo‘llashi uchun himoyachilar xalaqit qilib qolishdi va uning zarbasi kuchsiz chiqdi.

O‘yinning ikkinchi bo‘limini har kiiki jamoalar tarkibda o‘zgarishlar bilan boshlashdi. 51-daqiqada Oybek Rustamovning "pushka" zarbasini raqib darvozaboni katta qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 55-daqiqada Anvarjon Hojimirzayevning olis masofadan yo‘llagan zarbasini raqib darvozaboni ushlab olishda xatoga yo‘l qo‘ydi va o‘yinda hisob tenglashdi. Goldan ruhlangan nominal mezbonlar yanada shiddatni oshirishdi. 57-daqiqada Andrey Sidorov qo‘qonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Hisobda oldinga chiqqan "Qo‘qon-1912" biroz xotirjamlikka berildi. Natijada 76-daqiqada Lutfulla To‘rayev hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib Sunnatilol Abdullajonov farg‘onaliklarni oldinga olib chiqdi. O‘yin tugashiga 4 daqiqa qolganida Shohnazar Norbekov hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi — 3:3.

Superliga. 14-tur. 19:00

"QO‘QON-1912" - "NEFTCHI" - 3:3

Gol: Anvar Xojimirzayev(55), Andrey Sidorov(57), Shohnazar Norbekov(86) - Shahzodbek Ubaydullayev (10 pen), Lutfulla To‘rayev (76), Sunnatillo Abdullajonov(79)

“Qo‘qon-1912”: 21.Islom Abdullayev, 7.Jamshid Xasanov, 8.San’at Shixov, 10.Javohir Sidiqov, 11.SHohnazar Norbekov, 14.Avaazxon Mamatxo‘jayev, 15.Oybek Rustamov, 17.Quvondiq Ro‘ziyev, 33.Ivan Yosovich, 70.Bilolxon Toshmirzayev, 77, Murod Xolmuhammedov(s)

Zaxira: 1.Muzaffar Abdullayev, 4.Ilxomjon Vahobov, 5.Slavko Lukich, 6.Dilshod Rahmatullayev, 9.Andrey Sidorov, 13.Sardorbek Azimov, 20.Murodjon Komilov, 22.Sardor Yetovqo‘ziyev, 27.Anvarjnon Xojimirzayev

“Neftchi”: 69.Evgeniy Konyuxov, 4.Andrey Mishenko, 6.Sirojiddin Qo‘ziyev, 7.Oybek Qilichev (s), 13.Lutfulla To‘rayev, 19.Mirzohid G‘ofurov, 20.Salamat Quttiboyev, 26.Oleksey Larin, 46.SHahzodbek Ubadyllayev, 70.Abbosjon G‘ulomov.

Zaxira: 45.Akbar To‘rayev, 9.Sunatillo Abdullajonov, 11.Izzatilla Abdullayev, 17.Abdulloh Olimov, 21.Muhsin Ubaydullayev, 22.Umar Adhamzoda, 31.Nodirxon Ne’matxonov, 44.Darko Stanoyevich, 77.Abrorbek Ismoilov

Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Lochin Dolimov
VAR hakami: Asker Najafaliyev
Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov
Komissar: Shohruh Said

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:01, 02.08.2022.
O'qildi: 1677 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.