Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Ushbu haftada tomosha qilishingiz shart bo‘lgan besh o‘yin

Ushbu haftada tomosha qilishingiz shart bo‘lgan besh o‘yin

Baho:
+ | -

 Evropa klublari futboli qaytayotgani ko‘plab “millionlar o‘yini” ishqibozlarini xursand qilishi tabiiy. Ushbu xafta yakunida Anliya Premyer-ligasina start berilishidan xabaringiz bor. Oldinda muxlislarni bir-biridan qiziqarli o‘yinlar kutib turgani ham sir emas. Demak, quyida futbol ishqibozlarini befarq qoldirmaydigan va ushbu hafta yakunida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar haqida aytib o‘tamiz.

“Kristal Pelas” - “Arsenal”  

Boshlanish vaqti: 6-avgust 00:00da

APL hozirgi kunda eng qiziqarli liga desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki chempionatdagi o‘rtameyona klublar ham istalgan grand klubga bosh og‘rig‘i bo‘la oladi. Ingliz oliy divizionining ochilish o‘yini ham ko‘plab ishqibozlarni befarq qoldirmasa kerak. Bu mavsum furor ko‘tarishi kutilayotgan “Arsenal” doimiy kuchli jamoalarning “kushandasi” bo‘lib kelayotgan “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Bahsga “Selhurst Park” mezbonlik qiladi. London derbisida “Arsenal” favorit hisoblanishi tabiiy. Chunki Mikel Artea shogirdlari mavsumoldi o‘yinlarida yaxshi taasurot qoldirishdi. Ammo mezbonlar safida ham bir qancha saviyala futbolchilar bor ekanligini unutmaslik lozim. Uning ustiga o‘tgan mavsum “kanonirlar” ilk turlarda yaxshi natija ko‘rsata olmagan. Nima bo‘lganda ham qiziqarli o‘yin bizni kutib turipti. Afsuski, hamon eng oldi chempionatlar yurtimizda translyasiya qilinishi ma’lum emas.

“Everton” – “Chelsi”

Boshlanish vaqti: 6-avgust 21:30da

“Everton” o‘tgan mavsum oliy divizionda zurg‘a “jon saqlab” qoldi. Klub og‘ir damlarni boshidan o‘tkazmoqda. Ammo Liverpul shahri vakili doim ingliz futboli ishqibozlari orasida o‘z darajasiga ega bo‘lgan klub. Shunday ekan bu mavsumni ular boshqacha o‘tkazishi shart. Buning uchun esa jamoa turnirda yaxshi start olishi talab etiladi. “Everton” birinchi turni “Gudison Park”da o‘tkazadi va mehmon jamoa “Chelsi”. “Aristokratlar” yangi o‘yin uslubiga o‘tmoqda. Shunday jarayon davrida ularga “Gudison Park”da oson bo‘lmaydi. To‘g‘ri, “Chelsi” ushbu uchrashuvda yaqqol favorit. Ammo bu futbol. Unda esa hammaa narsa sodir bo‘lishi mumkin.

“Manchester Yunayted” – “Brayton”

Boshlanish vaqti: 7-avgust 18:00da

“Qizil iblislar” yangi murabbiy qo‘l ostida o‘zgarishga va yanada yaxshiroq natija qayd etishga urinib ko‘rishi aniq.  To‘g‘ri, jamoada muammolar yetarlicha. Yetakchilar orasida klubdan ketishni istayotganlar ham bor. Jamoa uzoq kutgan de Yong transferi amalga oshmayotgani ham ruxiy holatga ta’sir o‘tkazadi. Ammo ten Xag yaxshi mutaxassis. U shogirdlarini bu o‘yinga tayyorlay oladi. Ammo “Brayton” ham anoyilardan emas. Klub Bissuma va Kukurelyani sotib yuborgan bo‘lishi mumkin. Lekin “Brayton”da ijrochilar va o‘yinni o‘z zimmasiga oladigan yetakchilar ko‘p. Oldingi mavsum yakunida “Brayton” o‘z uyida “MYU”ni 4-0 hisobida mag‘lub etganini ko‘pchilik eslasa kerak.

“Vest Xem” – “Manchester Siti”

Boshlanish vaqti: 7-avgust 21:30da

 “Vest Xem” o‘tgan mavsum juda ko‘p futbol ishqibozlarida iliq taasurot qoldira oldi. Klubning sifatli o‘yini va yetarli maxorati bu mavsumni ham yaxshi o‘tkazishiga shubha uyg‘otmaydi. Jarrod Bouen va Deklan Rays singari futbolchilari bor jamoa har qanday grand klubdan ochko yutib olishga qodir. Yorqin misol, o‘tgan mavsum yakunida londonlikdar “Man Siti”dan ochko tortib olgandi va shu tufayli Pep oxirgi turda ancha asabiylashishga majbur bo‘lgandi. “Manchester Siti” haqida esa ko‘p gapirish shart emas. Ular ushbu turnirning asosiy favoriti bo‘lib qolaveradi.

“So‘g‘diyona” – “Paxtakor”

Boshlanish vaqti: 6-avgust 19:00da

Yevro futbol haqida gapirib o‘zimiznikilarni unutib qo‘ysak bo‘lmasdi. O‘zbekiston Superligsi bu mavsum shunchaki “yonyapti”. Chempionlik uchun kurash rostan ham jiddiy kechmoqda. “So‘g‘diyona” 11-turning qoldirilgan o‘yinini Olmaliqda o‘tkazishi kerak edi. Ammo DTM testlari 8-avgustdan boshlanishi sabab ushbu bahsga Jizzax mezbonlik qila oladigan bo‘ldi. Uchrashuv boshlanish vaqti ham ko‘p muxokama qilinyapti. Ba’zi manbalar o‘yinga 19:00da start beriladi desa, yana ba’zilari 20:00 deyishmoqda. Har holda bu baxsni televizor orqali ham ko‘ra olamiz. 2 klub mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda bormoqda. Ammo ular peshqadam “Navbaxor”dan bir o‘yin kam o‘tkazishgan. Shu sababli uchrashuvda g‘alaba qozongan jamoa turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oladi. Termamiz tarixidagi 2 yaxshi hujumchilarimiz boshqaruvidagi klublarning o‘yini murosasiz o‘tishi esa shubhasiz. Tajribali futbolchilarni jamoaga olib kelgan “So‘g‘diyona” va Shaskix yaqinda boshqaruviga kelgan “Paxtakor”ning o‘yini barcha muxlislar uchun birdek qiziq bo‘lsa ajab emas.  

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:13, 04.08.2022.
O'qildi: 13682 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.