Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Nunyesdan munosib javob

Nunyesdan munosib javob

Baho:
+ | -

Qisqa vaqtda turli-tuman memlar qahramoniga aylangan «Liverpul»ning yangi hujumchisi Darvin Nunyes xayterlarga kuchli javob zarbasini yo‘lladi - bir bo‘limda «poker»!

Nima, bu kalakalarning ijobiy ta’sirimi?

Darvin Nunyes «Liverpul» safiga qo‘shilgani bilan shunchaki, kalaka ob’ektiga aylanib qolgandi. Chunonchi, transferi 100 million yevroga baholangan urugvaylik hujumchi «MYU» va «Kris­tal Pelas»ga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinlarida hattoki, to‘pga teginishda qiynaldi, bo‘sh qolgan darvozaga ham gol urolmadi. Oqibatda unga bag‘ishgangan memlar «parvoz» qila boshladi. Yurgen Klopp esa uning bunday no‘noqligini oyog‘idagi yara bilan bog‘ladi. Oradan hech qancha o‘tmay, «RB Leypsig» bilan nazorat o‘yinida  hamma butunlay boshqa Darvinni ko‘rdi. «Liverpul» Muhammad Salohning goli evaziga tanaffusga 1:0 hisobida chiqib ketdi va Klopp ikkinchi bo‘lim boshida misrlik hujumchiga assistentlik qilgan Firminoni o‘yindan olib, Darvinni jangga tashladi. E’tiborli tomoni, Luis Dias penalti ishlagach, futbolchilar aynan Nunyesni «nuqta»dan zarba yo‘llashga chorlashdi - gollari hisobini ochib olishi uchun. Urugvaylik penaltini ishonchli amalga oshirmagan bo‘lmasada, darvozabon to‘pni qaytarolmadi. Qarang, jamoaning shtatli penaltichisi Saloh maydonda bo‘la turib, Nunyesga imkon berdi. Oradan yana 1-2 daqiqa o‘tgach, endi Trent Aleksander-Arnold urugvaylikni yakkama-yakka vaziyatga olib chiqdi va u to‘pni darvozaning uzoq burchagiga «qadadi». Nunyes keyinchalik yosh yarim himoyachilar - Stefan Baychetich va Xarvi Elliott kombinasiyasiga nuqta qo‘ydi - «xet-trik». Yakunda Darvin tezkor hujumda Fabiu Karvalyu  uzatmasidan so‘ng «poker»ni rasmiylashtirdi. 

O‘yindan so‘ng Nunyesning 4ta goli videosi yaxlit holda «Liverpul» rasmiy kanaliga joylashtirildi - ajoyib to‘plam. Ha, Darvinga «RB Leypsig»ning tanaffusdan keyin ikkinchi darvozabon Yanis Blasvixga tayangani ham qo‘l keldi. Har holda, u penaltiga sababchi bo‘ldi, yana oxirgi golda ishonchsiz harakatlandi. Boshqa tomondan, kiper bir vaziyatda urugvaylikning bosh bilan yo‘llagan ajoyib zarbasidan keyin to‘pni mo‘’jizaviy tarzda qaytardi (aks holda, Nunyes «penta-trik»ni nishonlarmidi?) «Ko‘pchilikning fikricha, transfer bahosi futbolchiga bosim yuklamasligi kerak. Lekin futbolchi ham avvalo, inson ekanligini unutmaylik, - dedi Yurgen Klopp o‘yindan keyin. - Hozirgi avlod bo‘lar-bo‘lmas narsalar yoziladigan ijtimoiy tarmoqlardan boxabar. Agar birinchi urinish o‘xshamasa, futbolchida hayajon oshadi va ortidan shunga o‘xshash memlar paydo bo‘ladi. «Poker» - bu kabi munozaralarni to‘xtatishning eng yaxshi yo‘li. Bizda hali Darvindek hujumchi o‘ynagan emas, u chindan ham, juda zo‘r!» Klopp shuningdek, penaltidan voz kechgan Salohni ham alohida maqtadi: «Uning shartnomasida shunchalik saxiylik ko‘rsatishi xususida band yozilgan-yozilmaganini bilmayman, lekin Darvinga himmat ko‘rsatib, zo‘r ish qildi, albatta!»

Nunyes 27 iyul kuni Avs­triyada «Zalsburg»ga qarshi kechadigan sinov o‘yi­nida muvaffaqiyatini rivojlantirishi mumkin. 30 iyul sanasiga esa Angliya superkubogi o‘yini belgilangan - «Liverpul» amaldagi chempion «Manchester Siti»ga qarshi.

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:37, 04.08.2022.
O'qildi: 2737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.