Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Yangi mavsumdan Klopp kimlarga ko‘p imkoniyat beradi?

Yangi mavsumdan Klopp kimlarga ko‘p imkoniyat beradi?

Baho:
+ | -

"Liverpul" o‘z raqiblariga nisbatan ancha tinch yozgi transfer oynasini o‘tkazdi, klub juda o‘ylangan aniq nuqtani kuchaytirishni reja qilgan edi, yarim himoya yagona muammoli soha bo‘lib qolmoqda.

Yurgen Klopp shogirdlari Angliya Superkubogida "Manchester Siti"ni mag‘lub etib, mavsumdagi ilk kuboklarini qo‘lga kiritishdi. Premyer-ligada kelasi mavsumda bu jamoalar chempionlik sari bir-birlariga muammo tug‘dirishlari aniq. Keling, kelasi mavsumda 3000 daqiqadan ko‘proq maydonda bo‘lishi mumkin bo‘lgan "qizillar"ning eng yaxshi futbolchilarini ko‘rib chiqaylik, bu esa 90 daqiqalik 33 ta o‘yinni anglatadi.

Alisson

"Liverpul"ning birinchi raqamli darvozaboni klubning barcha posbonlariga qarshi raqobatda g‘alaba qozondi, u kelgusi mavsumda ko‘pchilik o‘yinlarda "qizillar" darvozasini himoya qilishiga shubha yo‘q.

Van Deyk

Gollandiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda jami 4620 daqiqa maydonda bo‘ldi va uning hissasi tufayli "Liverpul" himoyasi o‘ta mustahkam tartibga keldi. Van Deykning barqaror o‘yini bo‘lmaganida, Alisson har qachongidan ham asabiylashgan bo‘lardi. Demak Klopp shogirdlari bir-biriga bog‘liq zanjirni hosil qilishgan.

Robertson

Eng mehnatkash o‘yinchilardan biri bo‘lgan Endryu bir necha o‘yin daqiqalarini juda qobiliyatli sherigi Simikasga berishga majbur bo‘ldi, lekin baribir yangi mavsumdan uning tez-tez o‘yinga tushishiga hech ham shubha yo‘q.

Trent

Aleksandr-Arnold "Liverpul"ning muvaffaqiyati uchun juda muhim o‘yinchi. U o‘tgan mavsumda "qizillar" safida o‘ynagan daqiqalari borasida uchinchi o‘rinni egalladi. Trent o‘tgan yilgi mavsumda kamida 4234 daqiqani maydonda o‘tkazgan.

Fabinyo

Braziliyalik futbolchi yarim himoyaning asosiy tirgaklaridan biri va agar u o‘yindan tushib qolsa, "qizillar" jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin.

Henderson

Klub sardori yaqinda 32 yoshga to‘ldi, lekin u ajoyib jismoniy formaga kirib ulgurgan. Uning yetakchilik qobiliyati va tajribasi ajralmas bosqichda, shuning uchun Klopp, ehtimol, Jordannning maydonda imkon qadar ko‘proq vaqt o‘tkazishini xohlar.

Saloh

Misrlik futbolchi zamonaviy "Liverpul"ning asosiy yulduziga aylanib bo‘ldi. Saloh o‘tgan mavsumda o‘ynagan jami daqiqalari bo‘yicha Trentni ortda qoldirdi, ammo u Darvin Nunyes jamoaga o‘tgandan keyin ham keyingi mavsumda eng muhim hujumkor o‘yinchilardan biri bo‘lishi aniq.

Kiritildi: 18:22, 05.08.2022.
O'qildi: 1785 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.