Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl - Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli - Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

Bektemir Meliqo‘ziyev bosniyalik bokschini muddatidan avval mag‘lub etdi (video)

Bektemir Meliqo‘ziyev bosniyalik bokschini muddatidan avval mag‘lub etdi (video)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqadigan o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev (10-1, 8 KO) Toshkent vaqti bilan 7 avgust tongida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

AQSHning Texas shtatida bo‘lib o‘tgan jangda o‘zbekistonlik bokschiga bosniyalik Sladan Yanyanin (32-12, 24 KO) raqiblik qildi. O‘n raundga mo‘ljallangan bellashuvning dastlabki uch daqiqaligida Bektemir raqibini nokdaun holatiga tushirdi.

Ikkinchi raundda ham ustunlik Meliqo‘ziyev tomonida bo‘ldi. Uchinchi raundda referi Bektemirning ketma-ket zarbalaridan keyin jangni to‘xtatdi va texnik nokautni qayd etdi.

Shu tariqa, Meliqo‘ziyev professional faoliyatidagi 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:05, 07.08.2022.
O'qildi: 4402 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.