Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

"Liverpul": birinchi turda qanday kamchiliklar bor edi?

"Liverpul": birinchi turda qanday kamchiliklar bor edi?

Baho:
+ | -

Bugun hamma biladiki, "Liverpul" o‘ta pragmatik klub. Ayniqsa, transferlar masalasida. Jamoa tepasidagilar pulni o‘ta aniq maqsad bilan, ma’lum rejalar asosida sarf qiladi. E’tirof etish kerakki, ular qabul qilgan qarorlarning ko‘pi oxirida foydali bo‘lib chiqadi va chiqmoqda. Endi shunday "aqlli"lar ishlaydigan klubga APLning dastlabki turida nima bo‘lgani haqida ozgina firk yuritamiz.

Shanba kungi "Fulxem"ga qarshi 2-2 hisobida durang bilan yakunlangan o‘yinda jamoa yarim himoyachisi Tiago Alkantara jarohat olib maydonni erta tark etdi. Uning o‘rniga esa Klopp Xarvi Elliotni tashladi. Ha, Elliot APLning yosh iqtidorlaridan biri. Ammo u "Liverpul" kabi chempionlikka da’vogar klubda Alkantaradek yarim himoyadagi muhim figura o‘rniga tushib, uni ishini eplab keta oladigan darajada emas. Aniqrog‘i, kechagi o‘yinda shu narsa ko‘rinib qoldi. Klopp esa o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ushbu voqeaga o‘z munosabatini bildirdi.

Uning fikricha, jamoada ko‘plab yarim himoya uchun variantlar bor. Ammo ularning hammasi: Nabi Keyta, Kyortis Jons hamda Chemberlenlar jarohat olgan. Bu esa Kloppga bosh og‘riq bo‘lmoqda. Lekin o‘z navbatida, yarim himoyachilarning yetarli ekani, "Liverpul"ni bozorga yarim himoyachi izlab kirishdan tiyib turibdi.
Klub yanagi yozda "Borussiya Dortmund" futbolchisi Jud Bellingem uchun kurashishini bildirgan. Bu esa katta mablag‘ni talab etadi. O‘sha mablag‘ ayni damda "Liverpul"da mavjud emas (deb hisoblanadi). Haqiqatdan ham yarim himoyadagi Xenderson yoki Alkantaralar ham safdan chiqsa, Kloppning kuni Jons yoki Elliotga qoladi. Bu yoshlar daraja jihatdan APLga mos kelmayapti. Mana shu fikrning isbotini kechagi "Fulxem"ga qarshi bahsda ko‘rdik.

Yurgen Klopp jamoaning eng katta kamchiliklaridan biri futbolchilarning ko‘p jarohat olishida ekanini alohida ta’kidlar ekan, klub bu borada ishlashni davom ettirishini aytib o‘tadi. Agar jamoa maydon markazidagi Xenderson kabi muhim o‘yinchilaridan ayrilsa, u holda klub APLdagi kurashni boy berib qo‘yishi mumkin. Shu sababdan bu borada puxta o‘ylab chiqilgan rejalar kerak. Xususan, Bellingemni keyingi mavsumga qoldirmay sotib olish, shunday rejalardan biridir. Klopp ixtiyorida har o‘yinda zaxiradagi 9 ta futbolchi va 5 ta almashtirish imkoniyati bo‘ladi. Shunday ekan, jamoada munosiblar uchun doimo joy topiladi. APL va YECHLda kurashishni davom ettirish uchun esa Klopp yoz yakuniga qadar maydon markazi uchun bir nechta xaridlar qilishi lozim.

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 13:22, 07.08.2022.
O'qildi: 3117 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.