Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Rasman. O‘zbekiston 2026 yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi

Rasman. O‘zbekiston 2026 yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi

Baho:
+ | -

Bugun Hindistonning Chennay shahrida Xalqaro shaxmat federasiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Shu jumladan, 2026 yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasining mezboni ham ma’lum bo‘ldi.

Bu bo‘yicha O‘zbekiston shaxmat federasiyasi raisi Alisher Sa’dullayev taqdimot o‘tkazdi.

Ovoz berish jarayonida ishtirok etgan delegatlar bir ovozdan ushbu nufuzli musobaqa O‘zbekistonda o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatladi.

Shu tariqa, to‘rt yildan so‘ng o‘tkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga vatanimiz mezbonlik qiladigan bo‘ldi. Bu borada O‘zbekistonga Polsha va Zambiya mamlakatlari raqobat ko‘rsatgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi shaxmat Olimpiadasi Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkaziladi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 14:42, 08.08.2022.
O'qildi: 1899 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик