Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Napoli" "Tottenxem" futbolchisi uchun kurashga qo‘shildi

"Napoli" "Tottenxem" futbolchisi uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

"Napoli" "Tottenxem" yarim himoyachisi Tangi Ndombelega da’vogarlar ro‘yxatiga qo‘shildi.

Antonio Konte 25 yoshli fransiyalik futbolchini asosiy tarkibda maydonga tushirishni rejalashtirmayapti, shu sababli “shporlar” futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Napoli" Ndombeleni o‘z safiga taklif qilmoqchi. Neapolliklar yarim himoyachi uchun "Vilyarreal" klubi bilan raqobatlashishi kerak.

Tangi Ndombele o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida "Lion"da o‘tkazdi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 09:15, 10.08.2022.
O'qildi: 955 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик