Kirish Ro'yxatdan o'tish

APLning ikki klubi "Benfika" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

APLning ikki klubi "Benfika" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

Lissabonning "Benfika" klubi hujumchisi Gonsalu Ramushga Angliyaning ikki klubi e’tibor qaratmoqda. Jurnalist Nikolo Skiraning fikricha, portugaliyalik futbolchiga "Nyukasl" va "Vulverxempton" klublari qiziqish bildirmoqda.

Ikkala klub ham Lissabon klubi bilan ehtimoliy transfer borasida muzokaralarni boshlab yuborgan. "Benfika"ning o‘zi ham futbolchini bir yil o‘z safida ushlab, keyingi yil qo‘yib yuborishga qarshi emas.

O‘tgan mavsumda Ramush Portugaliya chempionatida 7 ta gol urdi.

Ramushning o‘zi 2019/20 yilgi mavsumda "Benfika" safida debyut qilgan.

Kiritildi: 13:14, 10.08.2022.
O'qildi: 1536 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик