Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Bugun "Real Madrid" yana bir kubokni qo‘lga kirita oladimi?

Bugun "Real Madrid" yana bir kubokni qo‘lga kirita oladimi?

Baho:
+ | -

10 avgust, chorshanba kuni Xelsinkidagi “Olimpiyskiy” stadionida Chempionlar ligasi g‘olibi “Real” va Yevropa ligasi kubogi sohibi “Ayntraxt Frankfurt” o‘rtasida UEFA Superkubogi finali bo‘lib o‘tadi.

Mezbon stadion haqida

Xelsinki “Olimpiya” stadioni 2016 yildan 2020 yilgacha davom etgan rekonstruksiyadan keyin birinchi marta bunday tadbirga mezbonlik qilmoqda. Bu mamlakatdagi birinchi yirik Yevropa futboli finalidir. Arenaning diqqatga sazovor joyi uning 72,21 metr bo‘lgan minorasidir.

2021 yilda kubokni kim qo‘lga kiritdi?

O‘tgan yili finalda "Chelsi" va "Vilyarreal" to‘qnash kelgandi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi va londonliklar penaltilar seriyasida aniqroq harakat qilishdi. Bu Tomas Tuxel qo‘l ostida klub uchun qo‘lga kiritilgan ikkinchi Yevropa kubogi bo‘ldi.

"Real Madrid" va "Ayntraxt" yozda qanday o‘zgarishlarga duch keldi?

"Real Madrid" kuchli transfer kampaniyasini va’da qildi, ammo muhim xaridlar bo‘lmadi. Kilian Mbappe “PSJ”da qoldi, Erling Xoland esa “Manchester Siti”ni tanladi. Ammo 80 million yevro evaziga Aureliyen Tchuameni "Monako"dan olib kelindi. Lekin har holda jamoaning asosiy tarkibi unchalik o‘zgarmadi. Shu bois, Karlo Anchelotti o‘yin oldidan xuddi Chempionlar ligasi finalidagi futbolchilarni maydonga tushirishi mumkinligini aytdi. “Ayntraxt” ham transferlarda unchalik faol bo‘lmadi. Xaridlardan faqat “Bayer”dan hujumchi Lukas Alarioning transferi va “Milan” yarim himoyachisi Yens Petter Xaugening sotib olinishini qayd etish mumkin.

Yozgi yig‘inlar qanday o‘tdi?

Har qanday Yevropa top-klublari singari, klublar ham bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazdilar. Jumladan, “Real Madrid” “Barselona”ga (0:1) mag‘lub bo‘ldi. Ammo shu bilan birga "Yuventus" ustidan g‘alaba qozondi (2:0). Mahalliy jurnalistlarning fikricha, Anchelotti Superkubokga jiddiy yondashadi, shu bois tayyorgarlik haftasi futbolchilardan katta kuch oldi.

"Ayntraxt" allaqachon mavsumni boshlab yuborgan. Jamoa Germaniya kubogining birinchi bosqichini muammosiz o‘tkazdi, ammo Bundesligada birinchi turda "Bavariya"dan 6ta gol qabul qilib olishdi. Eng yaxshi start emas, ayni paytda bosh murabbiy futbolchilarni natijaga e’tibor qaratmaslikka va bor e’tiborni "Real" bilan o‘yinga qaratishga chaqirdi.

Favorit kim?

Mutaxassislar va muxlislarning fikricha "Real Madrid"ning g‘alaba qozonish ehtimoli yuqori, lekin “Ayntraxt” o‘tgan mavsumda “Barselona”ni mag’lub etganini yoddan chiqarmaslik kerak.

UEFA Superkubogi finalini qayerda ko‘rish mumkin?

Uchrashuvni SportTV telekanali jonli efirda namoyish etadi. O‘yin 00:00da boshlanadi.

Kiritildi: 17:01, 10.08.2022.
O'qildi: 4202 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.