Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Prevyu: «Metallurg» – «Nasaf»

Prevyu: «Metallurg» – «Nasaf»

Baho:
+ | -

Mamlakat XXXI milliy chempionatining 15-turida “Metallurg” o‘z maydonida Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qiladi. Bu mazkur jamoalar o‘rtasidagi yubiley – 50-uchrashuv bo‘ladi.

Bugungacha jamoalar 49 marta kuch sinashgan. Shulardan 30 tasida qarshiliklar g‘alaba qozongan, 12 uchrashuvda  “Metallurg” raqibini taslim etgan. 7 ta o‘yinda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati “Nasaf” foydasiga 80:39.

Jamoalarning birinchi davrada Qarshida kechgan o‘yinida 1:1 hisobidagi durang qayd etilgandi. 80-daqiqada Husayn Norchayev hisobni ochgan bo‘lsa, 90-daqiqada Abrorbek Toshqo‘ziyev aniq zarbasi bilan javob golini kiritgandi.

“Nasaf”ning Bekobod klubi ustidan qozongan yirik g‘alabasi – 7:0 (2004) ga teng. “Metallurg” esa ushbu raqibini 3:0 (2002) hisobida mag‘lub eta olgan.

Bekobodda bo‘lib o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv:

23.06.2021 «Metallurg» – «Nasaf» 2:1
26.10.2020 «Metallurg» – «Nasaf» 0:2
23.06.2019 «Metallurg» – «Nasaf» 0:1
12.06.2018 «Metallurg» – «Nasaf» 2:2
26.05.2017 «Metallurg» – «Nasaf» 1:0

“Nasaf” haqida

Qashqadaryo viloyati markazi sharafini himoya etuvchi mazkur klubga 1985 yilda asos solingan. Jamoa dastlabki mavsumlarni “Geolog” nomi ostida o‘tkazgan. 1992 yilda “Paxtachi”, 1993-95 yillarda “Nasaf”, 1996 yilda “Dinamo-Nasaf” nomi bilan musobaqalarda ishtirok etgan. 1997 yildan shu kunga qadar oliy liga bahslarida “Nasaf” nomi bilan qatnashib kelayapti. Klub qisqa fursat ichida juda boy tarixga ega bo‘ldi. 2011 yilda mamlakat vise-chempionligiga erishdi. Bu natijani oradan olti yil o‘tib (2017) takrorladi. Milliy birinchiligimizda eng ko‘p – 10 marta bronza medali bilan taqdirlandi. O‘zbekiston kubogi sohibi – 2015 yil. Besh marta kubok o‘yinlarining finalchisi. 2001/2002 yillarda Osiyo chempionlari kubogi musobaqasida yarim finalgacha yetib borgan bo‘lsa, 2011 yili OFK kubogini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari 2016 yilda O‘zbekiston Superkubogiga ham sazovor bo‘lgan. Ikki marta (2002, 2011 yillar) OFKning “Halol o‘yin” sovrinini qo‘lga kiritgan.

Milliy chempionatlarimizda klub sharafini eng ko‘p o‘yinda himoya etgan futbolchisi Ro‘ziqul Berdiyev sanaladi. Bugungi kunda bosh murabbiylik lavozimida ishlab kelayotgan R.Berdiyev 314 o‘yinda futbolchi sifatida maydonga tushgan. Jamoa to‘purari Zafar Xolmurodov. U raqiblari darvozasiga 181 ta gol urgan. Bitta mavsum bo‘yicha ham eng yaxshi ko‘rsatkich Zafar Xolmurodovga tegishli – 30 ta gol, 2000 yil.

Jamoaning eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 8:1 (2004 yil – “Andijon”), 7:0 (2004 yil – “Metallurg”). Eng yirik mag‘lubiyati esa – 0:6 (1998 yil – “Andijon”). Eng sermahsul uchrashuv esa 2006 yili “Xorazm” jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv bo‘lgan – 9:3.

“Nasaf” bugungacha kuchlilar safida 742 ta o‘yin o‘tkazgan: 405 ta g‘alaba, 151 ta durang, 188 ta mag‘lubiyat. Raqiblar darvozasiga 1313 ta gol kiritgan holda, o‘z darvozasi to‘ridan 801 ta to‘p olib chiqqan.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 06:25, 11.08.2022.
O'qildi: 1300 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.