Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

"MYU" muxlislarning g‘azabi tufayli Arnautovich transferini rad etdi. Transfer oynasida nima yangiliklar?

"MYU" muxlislarning g‘azabi tufayli Arnautovich transferini rad etdi. Transfer oynasida nima yangiliklar?

Baho:
+ | -

 Evropa futboliga rasman start berildi. Angliya premyer ligasi uchrashuvlari o‘tgan haftada boshlangan edi. Ammo hali transfer oynasi yakunlanishiga yarim oy vaqt bor. Odatda endi katta transferlar amalga oshiriladi. Ho‘sh so‘nggi kunlarda Yevropa futbolida qanday sotuvlar amalga oshmoqda? Quyidagi maqola shu haqida bo‘ladi.

"MYU" muxlislarning g‘azabi tufayli Arnautovich transferini rad etdi

"Manchester Yunayted" transfer oynasi yakunida hujum chizig‘ini "Bolonya"ning 33 yoshli hujumchisi Marko Arnautovich bilan kuchaytirishga qaror qildi. Mankunianliklar avstriyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida bir qator manbalar xabar bergan. Arnautovichning potensial transferi haqidagi xabarni "Manchester Yunayted" muxlislari keskin salbiy munosabat bilan kutib olishdi.

"Arnautovich - bu A, B yoki C rejasi emas. Bu tamom bo‘lish rejasi", - deb yozgan muxlislardan biri. "Adryen Rabio va Arnautovich bular jamoaga kelishi aqlga sig‘maydi: biz o‘rtameyon jamoaga aylanmaganmiz", deya qo‘shimcha qildi yana biri.

Yakunda muxlislar fikri inobatga olindi. TheAthletic jurnalisti Lori Uitvell xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Arnautovichni qo‘llab-quvvatlovchilarning salbiy munosabati va “Bolonya” tomonidan talab qilingan tovon pulining haddan tashqari ko‘pligi tufayli sotib olmaslikka qaror qilgan.

Ammo "Old Trafford" muxlislari ham klubda ko‘rishni istamaydigan yana bir yangi futbolchi, "Yuventus" yarim himoyachisi Adryen Rabioning Erik ten Xag jamoasiga qo‘shilish ehtimoli yuqori. “Manchester Yunayted”“Yuventus” bilan shartnomasi bir yildan keyin tugaydigan 27 yoshli fransiyalik futbolchini taxminiy 20 million yevroga sotib olishi kutilmoqda.

Gedesh "Vulverxempton"ga o‘tdi.

Londonning "Arsenal" jamoasi qiziqishi doirasiga tushgan "Valensiya" vingeri Gonsalo Gedesh "Vulverxempton" futbolchisiga aylandi. "Bo‘rilar" 25 yoshli portugaliyalik yarim himoyachi uchun 32,6 million yevro to‘lagan.

Endi Gedeshdan “quruq” qolgan "Arsenal" e’tiborini "Vulverxempton"ning 22 yoshli vingeri Pedra Netoga qaratishga tayyor. Nufuzli insayder Devid Ornshteynning so‘zlariga ko‘ra, "kanonirlar" transfer oynasi yopilguniga qadar hujumkor yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi.

Verner rasman Leypsigga qaytdi

Bitim summasi 20 million yevroni tashkil qiladi. Yana 10 million "Chelsi" bonuslar olishi mumkin.

"Lill"dan Onana va “Vulverxemton" sardori "Everton"ga o‘tishdi

20 yoshli yarim himoyachi Amadu Onana "Lill"dan "Everton"ga ko‘chib o‘tdi va "toffees" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. SKYsportsxabariga ko‘ra, transfer 33,5 million funtni tashkil qilgan.

Shuningdek, “Everton” “Vulverxempton” sardori, 29 yoshli himoyachi Konor Koudini bir mavsumga ijaraga oldi.

Simeonening o‘g‘li “Napoli”da!

"Verona" hujumchisi Jovanni Simeone "Napoli" tarkibida ijara asosida to‘p suradi, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano. Aurelio De Laurentisning klubi ijara uchun taxminan 3,5 million yevro to‘laydi, sotib olish opsiyasi esa 12 million.

"Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeonening o‘g‘li Jovanni Simeone o‘tgan mavsumda A Seriyada 17 ta gol urdi va "Roma" a’zosi Temmi Abraham bilan to‘purarlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:14, 11.08.2022.
O'qildi: 3809 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.