Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma
07/01 00:45 Sassuolo - Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem - Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona

"PSJ" ustozi - Ikardi haqida: "Men 25 nafar futbolchi bilan ishlashni xohlamayman"

"PSJ" ustozi - Ikardi haqida: "Men 25 nafar futbolchi bilan ishlashni xohlamayman"

Baho:
+ | -

"PSJ"bosh murabbiyi Kristof Galtye hujumchi Mauro Ikardi bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirdi. Unga ko‘ra, Parij klubi 29 yoshli argentinalik hujumchini o‘z rejalariga kiritmayapti.

"Hafta boshida men Ikardi bilan uchrashdim va "PSJ" tarkibni yanada qisqartirmoqchi ekanini aytdim. 25 nafar futbolchi bilan ishlashni istamayman. Buncha o‘yinchini ushlab qolishning iloji yo‘q. So‘nggi mavsumlarda Ikardi juda kam o‘ynadi" - dedi Galtye RMC Sport bilan suhbatda.

Murabbiyning fikricha, hujumchi faoliyatini qayta boshlash kerak.

"Bu nafaqat Ikardi, balki "PSJ"ning ham manfaati uchun ham. Mauroga o‘z fazilatlarini ko‘rsata oladigan jamoa kerak. Ammo so‘nggi ikki yil uning uchun haqiqatdan ham og‘ir bo‘ldi”, — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Ikardi Liga 1ni 1-turidan o‘rin olgan "Klermon"ga (5:0) qarshi o‘yin qaydnomasidan joy olmagan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 15:25, 12.08.2022.
O'qildi: 2329 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.