Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Messi quyoshining botishi — «Real» yulduzi tongining otishi

Messi quyoshining botishi — «Real» yulduzi tongining otishi

Baho:
+ | -

Yetti bor «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan Lionel Messi «PSJ»dagi ilk mavsumidan keyin o‘zi rekordichi bo‘lgan sovrin uchun da’vogarlar safiga kiritilmadi. Nomzodlar har yili 30 kishidan tashkil topadi. Ammo bu safar ular ichida Messi mavjud emas. Argentinalik futbolchi o‘tgan yilgi sovrinni qo‘lga kiritgan edi. Endi esa 2005 yildan beri ilk bor nominantlar safiga ham kira olmadi. Leo 2007 yildan buyon «Oltin to‘p» uchun da’vogarlar safida doimo kuchli uchlikda e’tirof etilib kelinayotgan edi..

Asrning eng yaxshi futbolchilaridan biri 2022 yilgi sovrin uchun da’vogarlar ro‘yxatida yo‘qligini, ayrimlar uning «Barselona»dan Fransiya poytaxtiga yo‘l olgani bilan izohlamoqda. Shuningdek, «Oltin to‘p»ga nomzodlarni tanlab olishdagi format o‘zgarishi ham bunga ta’sir o‘tkazgan. Ya’ni, endilikda natijalarni bir kalendar yiliga qarab emas, balki mavsumdagisiga ko‘ra tanlanadi.
Messi «Barselona»ni tark etgach, yangi jamoasi – «PSJ»da ham o‘z so‘ziga ega figuraga aylana olmadi. Buni parijliklarning YECHLdagi muvaffaqiyatsizliklarida ham ko‘rishimiz mumkin. Fransiya giganti turnirning nimchorak finalida «Real»dan sensasion tarzda mag‘lubiyat qabul qilib olgan.

O‘zi shunday ham bo‘lishi kerak edi. Negaki, Messi «PSJ» safiga o‘tganidan keyin, jami 11 ta gol urdi, xolos. Qolaversa, uning do‘sti va jamoadoshi Neymar ham ro‘yxatga kiritilmagan. Chunki unda ham natijalar yaxshi emas: 28 ta o‘yinda 13 ta gol. Xullas, bu safar dunyoning ikki kuchli futbolchisini ro‘yxatda ko‘rmadik. Albatta, bunday bo‘lishida futbolchilarning shaxsiy o‘yinlari ham katta ta’sirga ega. Biz 2022 yildan boshlab, Messi quyoshining asta-sekinlik bilan botishiga guvoh bo‘la boshlasak ajab emas. Balki, u o‘tgan yilgi ko‘pchilik nazdida «adolatsiz» deya ta’riflangan «Oltin to‘p» sovrini uchun badal to‘layotgandir. Yana kim biladi deysiz...

 

Sovrin uchun eng katta da’vogar hisoblangan Karim Benzema ro‘yxat avvalida qayd etiladi. U «Real»ning Yevropadagi 14 chempionligiga katta hissa qo‘shgandi. U YECHLni 15 ta gol bilan yakunladi. Karim Fransiya tarixida «Oltin to‘p»ga erishgan beshinchi futbolchiga aylanishi mumkin. Bunga u to‘laqonli haqlidir. 2021-22 yilgi mavsumda 46 ta o‘yin o‘tkazib, 44 ta gol urgan hujumchi, «Real»ni Ispaniya chempioniga ham aylantirgan. Benzemaning «Ayntraxt» bilan Super kubokdagi goli, 34 yoshli futbolchining «qirollik klubi» safidagi 324-si bo‘ldi. Bu esa uni klub tarixida Rauldan oldinga olib chiqdi va ikkinchi o‘ringa ko‘tardi. Birinchi o‘rinda Ronaldu 450 ta gol bilan yetakchidir.
Aytish mumkinki, Messi quyoshining botishi, kech bo‘lsada, «Real» yulduzi – Benzemaning tongi otishiga zamin yaratdi.

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:01, 13.08.2022.
O'qildi: 7378 marta.
Fikrlar: 72 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.