Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Ravshan Ermatov O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi

Ravshan Ermatov O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida Kuvaytda futzal bo‘yicha Osiyo kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Mazkur qit’a birinchiligida O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Bugun O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov ushbu musobaqa oldidan tayyorgarlik jarayoni bilan tanishish, murabbiylar shtabi va futzalchilar bilan suhbatlashish maqsadida terma jamoa istiqomat qilayotgan mehmonxonaga tashrif buyurdi. Uchrashuvda O‘FA tomonidan futzalchilarimizga oldinda turgan yirik turnirga sifatli va tizimli tayyorgarlik ko‘rishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotgani va murrabiylarning rejasi asosida tayyorgarlik jarayonlari davom etayotganligi ta’kidlandi.

Suhbat davomida Ravshan Ermatov Jahon chempionatida qayd etilgan natija jamoamizga katta tajriba bo‘lgani, murrabiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan tayyorgarlik rejasi futzalchilar tayorgarligiga asos bolishi va muxlislar terma jamoamizdan faqat yuqori natijalarni kutib qolishi haqida ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Bahodir Ahmedov boshchiligidagi murabbiylar shtabi va futzalchilar bilan jamoaning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbatlashildi.

Eslatib o‘tamiz, Kuvaytda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogida vakillarimiz «B» guruhidan joy olgan bo‘lib, guruhda Bahrayn, Tojikiston va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi to‘p tepishadi.

Jamoa 18, 20 avgust kunlari Osiyo Kubogi mezboni Kuvayt terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 00:17, 14.08.2022.
O'qildi: 1512 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.