Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

"Manchester Yunayted"ning rasmiy fan-klubi o‘z talablarini e’lon qildi

"Manchester Yunayted"ning rasmiy fan-klubi o‘z talablarini e’lon qildi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning "Man Utd Supporters Trust" fan-klubi "Brentford"ga uchralgan mag‘lubiyatga munosabat bildirdi. Muxlislar jamoasi klub egasi bo‘lmish Gleyzerlarni mas’uliyatli bo‘lishga chaqirgan. Aslida hammasi sharmandali mag‘lubiyatdan ancha oldin boshlangan edi. Kechagi voqeadan keyin esa muxlislar Gleyzerlar oilasini Erik ten Xagga yetarli mablag‘ ajratmaganlik hamda katta transferlarni amalga oshirmaganlikda ayblab chiqdi. Kechagi o‘yin yakuniga yetishi bilan fan-klub ijtimoiy tarmoqlarga quyidagi xabarni joyladi. Unda shunday deyiladi:

"Odatda biz o‘yinlar natijasiga izoh va munosabat bildirmaymiz. Ammo bugungi kutilmagan mag‘lubiyat bizni shunday qilishga majbur qilmoqda. "Brentford"ga qarshi o‘yin sharmandalikdan boshqa narsa emas. Buni tom ma’noda aytayapmiz. Ammo hozir bu narsa hech kimga yangilik bo‘lmay qoldi. Biz bu natijani uzoq yillik samarasiz va mantiqsiz boshqaruv oqibati deb bilamiz. "Man Utd Supporters Trust" klub egalarini, eng avvalo, ushbu muvaffaqiyatcizlikda mas’ul deb hisoblaydi. Ser Aleks Fergyuson ketgandan beri biz ilk bor mana shunday achinarli ahvolga tushdik va bu, klub egalarining olib borgan ishlari hosilasidir. Shu tufayli "Manchester Yunayted"ning butun dunyodagi muxlislar nomidan, biz rahbariyatdan tezkor va keskin choralar ko‘rishni talab qilamiz. Biz muxlislar, bunda hammamiz birlashishimiz kerak. Hozir muxlislar qo‘llovi, jamoaga har qachongidan ham zarurroqdir. Shuni bilib qo‘yishingizni istaymizki, biz muxlislar, doimo, jamoa libosini, futbolchilarni va klubni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bugun bizning bayroqlarimiz har qachongidan ham qizilroq. Biz esa hech qachon o‘lmaymiz. Klubimiz yashar ekan, biz ham doimo barhayotmiz!".

"Brentford"ga qarshi bahsdan keyin Erik ten Xagning o‘zi ham jamoaga yangi futbolchilar zarur ekanini tan olgan edi. Endilikda "MYU" "Liverpul"ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rishi kerak bo‘ladi.

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 17:19, 14.08.2022.
O'qildi: 2464 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик