Mane "Liverpul"ni tark etgach, jamoa xodimlariga 150 ta sovg‘a - uning surati va otkritkalari tushirilgan shokolad yubordi. Bu ishlardan so‘ng uning qanday mehribon odam ekanligini taxmin qilish qiyin emas.
Sadio Mane Germaniyaga borib ham yo‘qolib qolmadi. U "Bavariya"ning so‘nggi 10 yil ichida klub uchun ikki dastlabki o‘yinida gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Avvaliga Superkubokda “Leypsig” darvozasini ishg‘ol qildi (5:3), keyin esa chempionatning birinchi turida “Ayntraxt"ga gol urdi (6:1).
Ammo senegallik qadrdon «Liverpuli»ni unutib qo‘ymadi: ingliz klubining 150 nafarga yaqin xodimlari Sadiodan esdalik sovg‘alarini qabul qilib olishdi. Umuman olganda, hammani yoqimli syurpriz kutayotgan edi - “farrosh ayoldan tortib qo‘riqchigacha”, deb yozadi jurnalist Kristian Falk. Ularga Sadio surati tushirilgan shokolad va qo‘lyozma xabari bor otkritka berildi.
Mane "Liverpul"da olti yil o‘ynadi va u bilan juda xotirjam va ta’sirli tarzda xayrlashdi. Va nihoyat, u mersisaydliklar klubi matbuot xizmatiga intervyu berib, Angliyadagi o‘yinlarini sarhisob qildi.
«Klubdan ketganimdan so‘ng, barchaga xayrlashish uchun uzoq xabar yozdim. Albatta, hamma, shu jumladan men ham qayg‘uga tushdim. Lekin bu hayotimizning bir qismi. Biz buni faqat qabul qilishimiz kerak xolos. Men jamoani janjal bilan tark etishni xohlamadim, chunki men hamma bilan - murabbiylardan tortib oshpazlargacha yaxshi munosabatdaman. Men uchun yaxshi sharoitda ketish muhim edi. Jamoadoshlarimdan ko‘p narsani o‘rgandim – ularning hammasi zo‘r o‘yinchilar. Va, albatta, hatto xodimlar ham hozirgi sharoitga yetishimga katta yordam berishdi.
Eng yaxshi o‘yinimiz Enfildda "Barsa" ustidan qozonilgan g‘alaba bo‘ldi. “Bolaligimda men futboldagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishni orzu qilardim - shuning uchun men hech qachon ishlashdan to‘xtamaganman. Endi aytishim mumkinki, barcha asosiy sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun to‘g‘ri klubni tanladim. Bunday imkoniyat uchun "Liverpul"dan juda minnatdorman. “Liverpul”dagi eng yaxshi lahzam 2019 yilda “Enfild”da “Barselona” ustidan qozonilgan g‘alaba va undan keyingi Chempionlar Ligasi kubogi bo‘ldi. Bu aql bovar qilmaydigan tuyg‘ular edi, men buni hech qachon unutmayman.
269 o‘yinda 120 ta gol urib, “Liverpul” to‘purarlari ro‘yxatida 14-o‘rinni egallab, klubni tark etganimdan juda faxrlanaman. Bu oson bo‘lmadi, lekin bu buyuk insonlar orasida o‘z nomimni ko‘rganimda hech narsadan shikoyat qilmayman. "Liverpul" uchun eng sevimli golim debyutimda "Arsenal"ga qarshi Emireytsda kechgan. Ikkinchi sevimli golimni esa “Bavariya”ga qarshi o‘yinda Manuel Noyerga qarshi o‘yinda urganman. Kechirasiz, Manu, lekin menimcha, bu to‘p ham aql bovar qilmaydigan zarbaga aylangan.
Saloh va Firmino ajoyib futbolchilar, Klopp esa ajoyib murabbiy. Shu yillar davomida Muhammad Saloh va Roberto Firmino bilan birga o‘ynaganim “Liverpul”dagi vazifalarimni ancha osonlashtirdi. Bu ikkisi ajoyib futbolchilar. Endi Diogo Jota va Luis Dias klubga qo‘shilishdi - va bu ajoyib! Bu futbolchilar to‘plami dunyoning eng yaxshi klubiga juda mos keladi. Klopp ajoyib murabbiy. Uning yuragi katta o‘yinlar oldidan barchasini sezadi va bizga ajoyib motivasiya bera oladi. U hamma narsani "Liverpul"ga bera oldi. U bilan munosabatlarimiz juda yaxshi, u menga mukammal futbolchi bo‘lishimga yordam berdi.
U har doim "Liverpul"ga muxlislik qilishini aytgan. Men "Liverpul" muxlislarini juda sog‘inaman. Ular dunyodagi eng zo‘ri va men buni har doim aytganman. "Enfild"da o‘ynash har doim muxlislarga katta kuch bag‘ishlaydi, men sizlarni yaxshi ko‘raman va sog‘inib qolaman. "Liverpul"da hali ham uyim bor va men albatta muxlislar bilan salomlashish va "Liverpul" o‘yinini tomosha qilish uchun qaytib kelaman, chunki men doimo klubning birinchi raqamli muxlisi bo‘lib qolaman. Shuning uchun "Bavariya" uchun har bir o‘yindan keyin "Liverpul" o‘yinlarini albatta kuzatib boraman. Klubga omad tilayman - klub yanada rivojlanadi, chunki men bu yigitlarning imkoniyatlarini yaxshi bilaman", - deydi Mane.