"Manchester Yunayted" hujumchi Krishtianu Ronalduni xudbin xatti-harakatlarda ayblamoqda. The Telegraph jurnalisti Jeyson Bertning yozishicha, “qizil iblislar” portugaliyalikning xatti-harakatlari kiyinish xonasidagi muhitga yomon ta’sir qiladi, deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu uzoq vaqt davomida "Manchester Yunayted" rahbariyatidan uni boshqa jamoaga qo‘yib yuborishni talab qilib kelayotgan edi. Klub u bilan xayrlashishni istamagani uchun Krishtianu shartnomani buzish haqida o‘ylagan.
Shu bilan birga, Ronaldu klub bosh murabbiyi Erik ten Xagning rejalariga kiritilgan.