Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Zinchenko: "Jezus - ko‘plab futbolchilar uchun namuna"

Zinchenko: "Jezus - ko‘plab futbolchilar uchun namuna"

Baho:
+ | -

Joriy yilning yozida “Manchester Siti”dan Londonning “Arsenal” klubiga ko‘chib o‘tgan ukrainalik himoyachi Aleksandr Zinchenko jamoa hujumchisi Gabriel Jezus haqida fikr bildirdi.

"Jesus - jahon darajasidagi futbolchi, men bunga shubha qilmayman. Men har safar mashg‘ulotlarda uning ishini kuzatib, bunga amin bo‘laman. Gabriel ko‘plab o‘yinchilar uchun namunadir. Gol urishga intiladigan ajoyib futbolchi. U hech qachon intilishda to‘xtamaydi", - dedi ukrainalik futbolchi Evening Standard bilan suhbatda.

"Kanonirlar" braziliyalik hujumchini shu yozda "Manchester Siti"dan sotib olgandi. Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida Jezus ikkita uchrashuvda ishtirok etib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 09:45, 16.08.2022.
O'qildi: 1493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик