Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona

Ro‘ziqul Berdiyev: «VAR futbolimiz darajasini oshirib qo‘ymaydi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «VAR futbolimiz darajasini oshirib qo‘ymaydi»

Baho:
+ | -

«Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekiston chempionatining 16-turi doirasida bo‘lib o‘tgan AGMKga qarshi o‘yin (0:0) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugun 2 ochko yo‘qotdik. O‘yinning dastlabki 15-20 daqiqalari tengkurashlar ostida o‘tdi. Shundan so‘ng biz tashabbusni o‘z qo‘limizga oldik. Yigitlar uchrashuv oxiriga qadar g‘alaba uchun kurashishdi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Afsuski, g‘alaba qozona olmadik.

Bunga bir nechta sabablar bor. Birinchidan, biz yaratilgan vaziyatlar yoki "standart"lardan foydalana olmadik.   Ikkinchidan, bugungi hakamlikdan qoniqmadik. Buni ta’kidlab o‘tishim zarur. Baribir bu haqda savol berasizlar. Birinchi holatda Markoga jiddiy jarohat yetkazishgan paytda holat qizil kartochkaga tortar edi. Ikkinchi vaziyat — belgilangan penalti VAR yordamida bekor qilindi. Chempionatimizga VAR joriy qilganimiz bilan saviyamizni oshirib qo‘ymasa kerak. Bu mening fikrim.

Hakamlar ustida shikoyat yozganimiz bilan hech narsa o‘zgarmaydi. VAR qarorlaridan biz ko‘p jabr chekyapmiz. "Olimpik" va "Navbahor"ga qarshi o‘yinlarda ham bizning zararimizga qaror qabul qilingandi", — dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:39, 17.08.2022.
O'qildi: 4550 marta.
Fikrlar: 76 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик