Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 05:00 Peru - Urugvay
12/10 19:00 Dinamo 0-1 Navbahor

XXI asrda bir klub uchun eng ko‘p gol urgan 5 nafar futbolchilar kimligini bilasizmi? Keling ular bilan tanishib olamiz

XXI asrda bir klub uchun eng ko‘p gol urgan 5 nafar futbolchilar kimligini bilasizmi? Keling ular bilan tanishib olamiz

Baho:
+ | -

Sadoqat — futbolda juda kam uchraydigan fazilat. Aksariyat futbolchilar yaxshi sharoit yaratish uchun har ikki yilda bir marta klublarini almashtiradilar. Bu, ayniqsa, transfer bozorida ko‘proq qadrlanadigan hujumchilar orasida keng tarqalgan. Klublar ular uchun katta pul ajratishga tayyor va ularni mamnuniyat bilan qabul qilishadi.

Yaxshiyamki, istisnolar mavjud. Bu futbolchilar uzoq vaqt bir klubda o‘ynab, ortidan katta meros qoldirib, klublari tarixiga kirishdi.

Keling, XXI asrda top-5 ligada bitta klub uchun eng ko‘p gol urgan besh futbolchini ko‘rib chiqamiz.

5) Serxio Aguero (“Manchester Siti”) – 260 ta gol

"Manchester Siti" tarixidagi eng yaxshi hujumchi Serxio Aguero Angliyada chuqur iz qoldirdi. Futbolchi 2011 yilda "Atletiko Madrid"dan Manchesterga ko‘chib o‘tgan, 390 o‘yin o‘tkazib, 260 gol urgan va 73 golga assistentlik qilgan.

Aguero Angliyada hamma narsada g‘alaba qozongan, klubdagi 10 yillik faoliyati davomida u Premyer-ligada va Angliya kubogida 5 bordan, 6 Liga kubogi, 3 ta Angliya Superkubogida g‘alaba qozongan.

2021 yil 15 dekabrda Aguero yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi.

4) Karim Benzema ("Real Madrid") - 324 ta gol

Karim Benzema Krishtianu Ronaldu ketganidan keyin Madridning haqiqiy yetakchisiga aylandi. Fransiyalik futbolchi "Qirollik klubi"ga 2009 yilda "Lion"dan kelib qo‘shilgan. U hozirda kundan-kunga yaxshilanib bormoqda. Hozir u 34 yoshda, lekin Karim har qachongidan ham kuchli, tezroq va aniqroq harakat qilmoqda.

So‘nggi 13 yil ichida Benzema Madridliklar safida 607 ta o‘yin o‘tkazib, 324 ta gol urdi va 160 ta golli uzatmani amalga oshirdi va shu bilan cheklanib qolmaydi. Fransuz futbolchisi Madrid tarixidagi ikkinchi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Karim Madrid bilan hamma narsani yutgan: 5 marta Chempionlar ligasi, 4 marta La Liga, ikki marta Qirol kubogi va boshqa sovrinlar.

3) Robert Levandovski (“Bavariya”) – 344 ta gol

Robert Levandovski "Bavariya"ga 2014 yilda "Borussiya Dortmund"dan erkin agent sifatida o‘tgan edi. Polyak darhol yangi klubining ajralmas futbolchisiga aylandi va birinchi mavsumda 49 ta o‘yinda 25 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yozda "Barselona"ga o‘tishdan oldin Levandovski "Bavariya"ning 375 o‘yinida maydonga tushib, 344 gol va 72 golga assistentlik qilishga ulgirgandi.

Robert "Bavariya" bilan Bundesligada ketma-ket 8 marta g‘alaba qozongan va 2019/20 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Futbolchi ikki marta FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi, ikki marta “Oltin butsa” va UYEFAning Yevropaning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgan.

2) Krishtianu Ronaldu ("Real Madrid") - 450 ta gol

2008 yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish orqali Krishtianu Ronaldu Yevropa klublarining eng ko‘p orzu qilingan futbolchisiga aylandi. Madridning “Real” klubi uni “Manchester Yunayted”dan o‘sha paytdagi rekord 94 million yevro evaziga sotib oldi. Portugaliyalik 9 yilni Ispaniyada o‘tkazdi.

Krishtianu "qaymoqranglilar" safida 438 ta o‘yinda 450 ta gol urdi va 131 ta golli uzatmani amalga oshirdi, u Madrid tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Ronaldu klubga boshqa sovrinlar qatorida ikki marta La Liga, to‘rt marta Chempionlar Ligasi, ikki marta Qirol kubogini yutishda yordam berdi.

Madridliklar safida Krishtianu Ronaldu yana to‘rt marta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi, FIFA va UYEFAning eng yaxshi futbolchisi mukofoti va uch marta "Oltin butsa"ni qo‘lga kiritdi.

1) Lionel Messi (“Barselona”) – 672 ta gol

Barcha davrlarning eng buyuk futbolchilaridan biri sanalgan “Barselona” afsonasi Lionel Messi o‘tgan yozda “PSJ”ga tekin transfer orqali qo‘shilishdan oldin deyarli butun professional faoliyatini Kataloniya klubida o‘tkazgan.

Messi "Barselona"ga kerak bo‘lgan hamma narsa edi. "Kamp Nou"da 17 yil davomida u 778 ta o‘yin o‘tkazib, 672 ta gol urgan va 303 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Leo "Barselona"ga 10 marta La Liga, 4 marta Chempionlar Ligasi, 7 marta Ispaniya kubogini yutishda yordam bergan.

Argentinalik futbolchi “Barselona” bilan oltita “Oltin to‘p”, uchta UYEFA mukofoti va oltita “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:00, 19.08.2022.
O'qildi: 12492 marta.
Fikrlar: 109 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.