Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

APL. Uchinchi turning eng qaynoq duellari haqida bilasizmi?

APL. Uchinchi turning eng qaynoq duellari haqida bilasizmi?

Baho:
+ | -

1. David De Xea "Liverpul"ga qarshi

2021-22 yilgi mavsumning eng yaxshi jamoalaridan biri bo‘lgan klub, 3 turda "Manchester Yunayted"ning rutubatga to‘lgan koshonasiga tashrif buyuradi. "MYU" darvozaboni De Xea "Brentford"ga qarshi bahsda yo‘l qo‘ygan xatolari sabab, muxlislardan kechirib so‘ragandi. Endi u o‘z aybini APLning eng dahshatli jamoasi bo‘lgan "Liverpul" bilan o‘yinda yuvishi talab etiladi. Bu bahs De Xeaning jismoniy, aqliy va ruhiy holatini sinovdan o‘tkazadi. Shuningdek, u ten Xagning jamoada qolishini ham belgilab berishi mumkin. Ammo dushanba kuni De Xeaga oson bo‘lmasligi aniq!

2. Gabriel Jezus Markos Senesiga qarshi

Markos Senesi avgust boshida "Feyenoord"dan xarid qilingandi. Himoyachi o‘zining ilk bahsini "Arsenal"ga qarshi o‘tkazishi mumkin. Qarshi tomonda esa 2 turda "Bornmut"ni yakson qilgan (4-0) "shaharliklar"ning sobiq hujumchisi – Gabriel Jezus. Braziliya terma jamoasi a’zosi o‘zining muvaffaqiyatli yurishini davom ettirishga harakat qilishi tabiiy, albatta. Ammo Senesi ham jim qarab turmaydi. Zero, u ham Janubiy Amerika o‘g‘loni. Demak, uchinchi turda, argentinalikka braziliyalik qarshi chiqadi.

3. Devid Moyes Graxam Potterga qarshi

"Vest Xem" hamda "Brayton"ning qarama-qarshiligi nega qiziq bo‘ladi degan savol tug‘ilishi mumkindir. Bunga sodda javob mavjud: chunki ikki jamoa ikki xil uslubga ega. Aslida, ularning murabbiylari shunday. Devid Moyes va Graxam Potterning futbol falsafasi bir-birinikidan tubdan farq qiladi. Har ikki tomonda g‘alaba uchun sabablar yetarli. "Brayton" londonliklarga qarshi so‘nggi 10 ta APL bahsini yutqazmagan. Shu sabab "chag‘alaylar" an’anani davom ettirishga harakat qiladi. "Vest Xem" esa omadsiz seriyaga yakun yasashga...

4. Sven Botman Erling Xolandga qarshi

Uchta ketma-ket bahsni quruq o‘tkazish, "Manchester Siti" uchun "Nyukasl" maydonida oson bo‘lmaydi, albatta. Shuningdek, Eddi Xau o‘z jamoasini o‘sganini aynan mana shu o‘yin ko‘rsatib beradi. Ammo bular keyingi darajadagi omillardir. Qarama-qarshilik Sven-Erling orasida ham kechadi. Niderlandiya terma jamoasi a’zosi Botman, o‘zining tengquri bo‘lgan Xolandni to‘xtatib qolishi kerak. Ha, Xoland juda kuchli, aqlli va tezkor. Ammo Botman ham undan qolishmaydi.

5. Eronson Jorjinyoga qarshi

Jorjinyoning qo‘pol xatosi o‘tgan turda "Chelsi"ga qimmatga tushgandi. Aynan shundan keyin, "Tottenxem" hisobni tenglashtirgan. Italiyalik futbolchi uchinchi turni katta ishtiyoq bilan boshlaydi. Chunki u ham aybini yuvishi lozim. Jessi Marsh esa o‘z shogirdi Eronsonga Jorjinyoni soyadek ta’qib qilishni uqtirgan. Negaki, Jorjinyoga arzimagan maydon berilishi raqibga qimmatga tushadi. Eronson esa bunga qarshi turishi kerak. "Lids" hamda "Chelsi", shuningdek, faqat uch ochko uchun kurashishi ham, bor gap.

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 22:00, 19.08.2022.
O'qildi: 3334 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.