Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

«So‘g‘diyona-W» Eron klubi bilan dastlabki bahsda durang o‘ynadi

«So‘g‘diyona-W» Eron klubi bilan dastlabki bahsda durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Bugun ayollar klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionati G‘arb mintaqasi o‘yinlari start oldi. Unda yurtimiz sharafini himoya qiladigan “So‘g‘diyona-W” Eronning “Bam Xatun” klubiga qarshi dastlabki o‘yinni o‘tkazdi.

Bahsning 20-daqiqasida hamyurtlarimiz hisobni ochishdi. Diyora Habibullayeva raqib jarima maydoni ichida bir himoyachini aldab o‘tdi va o‘tkir burchak ostida uzatma berdi. To‘p esa himoyachining oyog‘iga tegib, to‘rga borib tushdi.

Eronliklar ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.  57-daqiqada qanotda yetkazilgan uzatmani Zahro G‘anbariy darvozaga joylab qo‘ydi.

Sherali Boboqulov jamoasi o‘yin oxiriga qadar hujum uyushtirishgan bo‘lsalar-da, boshqa gol ura olishmadi. Ayniqsa, 71-daqiqada Habibullayeva juda yaqin masofadan darvozaga ainq zarba bera olmadi.

Shu tariqa, dastlabki o‘yinda durang qayd etildi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi bahs 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Ayollar futbol klublari o‘rtasida OCH. G‘arb mintaqasi
"Bam Xatun" - "So‘g‘diyona-W" - 1:1 (0:1)
Gollar: Diyora Habibullayeva 20ʼ (0-1), Zahro G‘anbariy 57ʼ (1-1)
"Bam Xatun": 54. Zahra Xajaviy, 3. Kousar Kamaliy, 6. Zahra Sarbaliy, 8. Behnaz Taherhaniy, 9. Zahra G‘anbariy, 10. Atefeh Ramezanizadeh (S), 11. Samina Chahkandiy, 15. Negin Zandiy, 17. Shahnaz Jafariy Zadeh, 18. Melika Mohammadi, 23 Mona Hamoudiy.
"So‘g‘diyona-W": 1. Kumushoy G‘ulomova, 5. Nafisa Nabiqulova, 6. Iroda Turdaliyeva, 7. Nozima Komoltoyeva, 10. Dildora Ergasheva, 11. Maftuna Panjiyeva, 19. Ushijima Riko, 21. Xolida Dadaboyeva (S), 22. Ana Cheminava, 23. Diyora Habibullayeva, 27. Feruza Boboxo‘jayeva.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:04, 20.08.2022.
O'qildi: 3284 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.