Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

XXI asrdagi APL to‘purarlari haqida nimalarni bilasiz?

XXI asrdagi APL to‘purarlari haqida nimalarni bilasiz?

Baho:
+ | -

Har dam olish kunlari Angliya Premyer-ligasi minglab odamlarni stadionlarda, millionlab odamlar esa televizor ekranlari oldida birlashtiradi. APL shiddatli o‘yinlar, ko‘plab qiziqarli qarama-qarshiliklar, yuqori tezlik va albatta urilgan gollar soni bilan tomoshabinlarni o‘ziga tortadi. Keling, bugun Premyer liga tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purarni ko‘rib chiqaylik.

Frenk Lempard (506 o‘yin, 164 gol)

Lempard hujumchi emas edi, lekin hali ham Premyer-liga to‘purarlari ro‘yxatida beshinchi o‘rinda turibdi. Frenk Premyer-ligada juda ko‘p vaqt o‘tkazdi - deyarli butun faoliyatini. Sobiq yarim himoyachi "Chelsi"da 11 yil o‘ynadi. London klubi bilan birgalikda Lempard mamlakat miqyosida hamma sovrinni, shuningdek, Chempionlar ligasi va Yevropa ligasini yutgan. Frenk "ko‘klar" afsonasiga aylandi, shundan so‘ng u "Manchester Siti" va "Nyu-York Siti"da o‘ynadi. Nafaqaga chiqqanidan so‘ng Lempard "Derbi Kaunti" va "Chelsi"ni boshqarishga muvaffaq bo‘ldi va hozirda "Everton"ni boshqaradi.

Tyerri Anri (241 o‘yin, 170 gol)

Anri "Arsenal" va butun Premyer-liga o‘ziga xos shaxsiyat hisoblanadi. Fransiyalik futbolchi London klubiga 1999 yilning yozida “Yuventus”dan o‘tgan edi. Transfer summasi 16 million yevroni tashkil qildi. "Kanonirlar" bilan birgalikda sobiq futbolchi Chempionlar ligasidan tashqari hamma sovrinni yutgan. Sobiq hujumchi "kanonirlar" safida 8 yilini o‘tkazdi. Shundan so‘ng uning faoliyatida "Barselona" va "Nyu-York Red Bulls" klublarida davom etdi. Anri "Arsenal" va Fransiya tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Nafaqaga chiqqanidan so‘ng u "Monako" va "Monreal Impakt"ni boshqarishga ulgurdi, hozirda esa Belgiya terma jamoasida Roberto Martinesga yordam bermoqda.

Serxio Aguero (275 o‘yin, 184 gol)

2011 yilning yozida Aguero "Atletiko"dan "Manchester Siti"ga o‘tganida o‘zini Premyer-ligada topdi. Transfer summasi 40 million yevroni tashkil qildi. Serxio 10 yilni "shaharliklar" tarkibida o‘tkazdi. Argentinalik futbolchi “Manchester Siti” bilan 15 ta sovrin yutib, klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Angliyani tark etgach, Aguero “Barselona”ga ko‘chib o‘tdi, ammo u yerda o‘zi rejalashtirganidek ko‘p vaqt o‘tkazmadi. Yurakdagi muammolar tufayli sobiq hujumchi faoliyatini yakunlashga majbur bo‘ldi.

Xarri Keyn (283 o‘yin, 185 gol)

Keyn butun faoliyatini "Tottenxem"da o‘tkazyapti. U “Leyton Oriyet”, “Millvall” va “Norvich” klublarida ijarada o‘ynagan, ammo futbolchi uzoq vaqt davomida o‘z ona klubini tark etmagan. Ajablanarlisi shundaki, Xarri Premyer-liganing eng yaxshi to‘purarlaridan biri bo‘lib, hali biror sovrinni qo‘lga kiritmagan. Uning "shporlar" bilan hozirgacha erishgan eng yaxshi yutuqlari ikki marta Angliya liga kubogi finaliga chiqish va Chempionlar ligasi finaliga chiqishdir. Keyn yaqinda "Tottenxem"ni tark etmoqchi edi, ammo hozir Antonio Konte qo‘l ostida yaxshi ishlamoqda. Kim biladi deysiz, balki u futbolchini birinchi kubogi sari yetaklaydi.

Ueyn Runi (491 o‘yin, 208 gol)

Runi Premyer-liganing eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Ueyn bu nomga loyiq edi, chunki u faoliyatining asosiy qismini Premyer-ligada o‘tkazdi. 2002 yilda ingliz futbolchisi "Everton"ning asosiy tarkibida debyut qildi va 2 yildan so‘ng 37 million yevro evaziga "Manchester Yunayted"ga o‘tdi. Runi 13 yilni "Manchester Yunayted"da o‘tkazdi, shundan so‘ng "Everton", "DS Yunayted" va "Derbi Kaunti"da o‘ynadi. Sobiq hujumchi mankunianliklar bilan birgalikda 16ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Runi barcha musobaqalarda 253 ta gol urgan "Manchester Yunayted" tarixidagi eng yaxshi to‘purar va 53 ta gol bilan Angliya terma jamoasining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. UYEyn bir kun kelib "Everton" yoki "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi bo‘lishni orzu qiladi, ammo hozircha u “DC Yunayted”ni boshqaradi.

Kiritildi: 15:19, 21.08.2022.
O'qildi: 3109 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.