Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon 0-0 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Erik ten Xag "Liverpul"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?

Erik ten Xag "Liverpul"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?

Baho:
+ | -1

"Manchester Yunayted"ning ahvolini tangligi bor gap. Jamoa 3 tur oldidan 19 o‘rinni band etib turibdi. Keyingi bahs esa "Old Trafford"da, "Liverpul"ga qarshi kechadi. O‘yin oldidan Erik ten Xag o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Quyida mutaxassisning gaplari keltirib o‘tiladi.

"Umid qilamanki, jamoamiz futbolchilari natijadan g‘azabda va bu jahl ularga "Liverpul"ga qarshi bahsda yordam beradi. Ammo bir-biridan va o‘zidan jahl qilish, futbolchilarga yordam bermaydi. Men jamoaning yomon o‘yinini ko‘rganimda xafa bo‘ldim. Negaki, bu mening o‘lchovlarimga to‘g‘ri kelmaydi. Bu "MYU"ning standartlari emas. Shu sabab biz vaziyatni o‘zgartirishimiz kerak. Futbolchi sifatida siz jamoa uchun boringizni berib kurashishga majbursiz. Shunday qilmagan o‘yinchilar esa jamoada qolishga haqli emas".

3 turda "Vest Xem"ning mag‘lubiyati "MYU"ni 19 o‘ringa ko‘targan edi. Bugun "Liverpul"ga qarshi bahsda g‘alaba qozonish orqali jamoa ancha yuqorilash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Erik ten Xag o‘z fikrini davom ettirar ekan jumladan shunday deydi: "Men bu yerga o‘zimni o‘ylab kelganim yo‘q. Men klubdagi ahvolni o‘nglash va hammasini o‘zgartirish uchun shu yerdaman. Men Angliyaga kelishdan oldin qayerga kelayotganimni yaxshi bilardim. Men shuni xohladim. Qiyinchiliklardan qochmayman va bu ishimizning bir qismi ekanini bilaman. Bu yerdagi ishimiz katta loyiha va u jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Uzoq vaqt talab ketilgani sababli, sabr qilishimiz kerak. Shu jumladan men ham chidam bilan atrofdagilar bilan hamkorlik qilaman va futbolchilarni tayyorlayman. Mag‘lubiyatlar uchun avvalo men javobgarman. Biz bir jamoamiz va birga yutib, birga yutqazamiz. Qachonki, futbolchilar yetakchilari ichida muammo chiqsa, ularni to‘g‘irlashga mas’ul aynan men bo‘laman. Doimo liderlar guruhi bilan ishlayman va bir kishida qolganlaridan ustun ko‘rmaganman".

"Mavsumoldi bahslari yaxshi kechgandi. Ammo APLdagi natijalar yomon. Buni qabul qilish qiyin, albatta. Hamma mavsumoldi o‘yinlarida jamoamiz potensialini ko‘rdi. Hozir esa o‘sha kuchni birgalikda yana qaytarishimiz kerak. Bizda top-futbolchilar bor. Bunga shubha yo‘q. Ammo futbolda hammasi siz o‘ylaganingizdek kechmaydi. Negaki, siz maydonda raqib bilan to‘qnash kelasiz. Ular sizning rejalaringizga qarshi o‘ynaydi. Shunday bo‘lsa ham qattiq mehnat qilib, intilish kerak. Shundagina natijani o‘zi keladi. Bizda hamma vositalar bor. Faqat resurslardan to‘g‘ri foydalana olsak, bas!".
"Manchester Yunayted" bugun tunda, Toshkent vaqti bilan 00:00da, "Liverpul"ga qarshi maydonga chiqadi.

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:14, 22.08.2022.
O'qildi: 6633 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик