Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Hamma narsaning chegarasi bor. Afsonaviy Serxio Buskets "Barselona"dan ketmoqchi

Hamma narsaning chegarasi bor. Afsonaviy Serxio Buskets "Barselona"dan ketmoqchi

Baho:
+ | -

34 yoshli yarim himoyachi yana maoshini kamaytirishdan bosh tortdi va shartnomasi muddati tugaganidan keyin jamoani tark etishga qaror qildi.

"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets klubning maoshini kamaytirish bo‘yicha yana bir taklifini rad etdi. Mundo Deportivo va Cope nashrlarining xabar berishicha, Buskets amaldagi shartnomasini oxirigacha yakunlamoqchi va 2023 yilning yozida nafaqat "Barselona"ni tark etadi, balki Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini ham yakunlaydi.

34 yoshli yarim himoyachi faoliyatini MLSda davom ettirishdan manfaatdor. U AQSHda hayotining yangi bosqichini boshlamoqchi va buning yaxshi sababi bor.

"Barselona" bir necha bor o‘yinchilardan koronavirus pandemiyasining salbiy moliyaviy ta’sirini bartaraf etish uchun maoshlarini kamaytirishni va yangi kelganlar bilan shartnoma imzolashni so‘ragan.

Ko‘pincha bunday vaziyatda jamoa faxriylari: Buskets, Jerar Pike, Jordi Alba va Serxi Robertolar qiynalishdi. Tajribali futbolchilar muntazam ravishda klubning qarorlarini hurmat qilishdi, lekin hamma narsaning chegarasi bor. Buskets birinchi bo‘lib bunga nuqta qo‘ymoqchi.

Hali iyun oyida Buskets "Barselona"ning munosabati unga yoqmasligini ochiqchasiga aytgan edi. Keyin klub futbolchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilmasdan, OAV orqali o‘z niyatlarini bildirgan.

Pike, Alba va Roberto vaziyat boshqaroq edi. Garchi Jerar bilan ham vaziyatni chigal desa bo‘ladi. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, u klubga yordam berishga va maoshining bir qismini yana xayriya qilishga tayyor, biroq "Barsa"dan kelajakdagi to‘lovlar uchun kafolat talab qilmoqda, ammo klub hozircha uni taqdim eta olmagan. Hozirda jamoaning Pikedan 52 million yevro qarzi bor.

Laporta hali ham Jerar bilan kelishuvga erishishga umid qilmoqda, uning maoshi kamayishi Kundeni La liga ro‘yxatidan o‘tkazoshga imkon beradi. Ammo Buskets yana bir bor bunday qilmasligini aytdi. Buning uchun uni tanqid qilish kerak emas.

AS xabariga ko‘ra, mavsum oralig‘ida "Barsa" Busketsga shartnomani bir yoki ikki mavsumga uzaytirishni taklif qilgan. Biroq, bu bosh murabbiy Xavining futbolchi bilan hisoblashishi va uni jamoaning muhim qismi sifatida ko‘rishi bilan bog‘liq emas. "Barselona"ning mantig‘i quyidagicha: shartnoma qancha uzoq bo‘lsa, maoshni to‘lashni kechiktirish mumkin degani.

Serxioning shartnomasi kelasi yozda tugaydi. 2022/2023 yilgi mavsum uchun u 10,6 million yevro olishi kerak. 34 yoshli yarim himoyachi Frenki de Yongdan keyin jamoadagi eng ko‘p maosh oluvchi ikkinchi futbolchi hisoblanadi. Bundan tashqari, Serxio oldidagi to‘plangan qarzni ham unutmaslik kerak. Kataloniya nashri ARA xabariga ko‘ra, gap 50 million yevro haqida ketmoqda."Barselona" barcha qarzlarni shartnoma muddati tugaguncha, ya’ni bir yil ichida to‘lashi kerak. La Liga o‘yinchi boshqa klubga qo‘shilganidan keyin kechiktirilgan to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat bermaydi.

Buskets va uning agentlari shartnomani uzaytirishga va maoshning bir qismini olishni yanarozi bo‘lishmadi. "Barselona"ga bu variant yoqmadi, shundan so‘ng Serxio bir yildan so‘ng ketishga qaror qildi. Futbolchining vakillari allaqachon MLS klublari bilan aloqada.

Buskets "Barselona" safida 14 yil davomida 30 ta sovrin yutgan. U bir necha bor qiyin damlarda jamoa bilan qoldi. Buskets kabi afsonaviy o‘yinchilar bilan bunday xunuk ajralishlar "Barsa" uchun oddiy holatga aylanib qolmasa bo‘ldi.

Kiritildi: 14:46, 22.08.2022.
O'qildi: 6057 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.