Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Sherali Boboqulov: «Agar jamoam o‘z o‘yinini ko‘rsata olsa, finalga chiqish uchun yetarlicha kuch va imkoniyatlarga ega»

Sherali Boboqulov: «Agar jamoam o‘z o‘yinini ko‘rsata olsa, finalga chiqish uchun yetarlicha kuch va imkoniyatlarga ega»

Baho:
+ | -

«So‘g‘diyona-W» jamoasi bosh murabbiyi Sherali Boboqulov ayollar jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionati G‘arb mintaqasidan o‘rin olgan Eronning "Bam Xatun" klubiga qarshi bugun bo‘ladigan ikkinchi o‘yin oldidan OFK rasmiy saytiga intervyu berdi.

— Sizningcha, bu revansh uchrashuv jamoangiz uchun osonroq bo‘ladimi yoki qiyinroqmi?
— Murabbiylar shtabi bilan birgalikda raqibni har tomonlama o‘rganib chiqdik. Bu albatta bugungi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishimizga va nimaga qodir ekanimizni ko‘rsatishimizga yordam beradi. Buni albatta o‘yinda ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Ikkala jamoa ham bir-birini yaxshi o‘rganib chiqqanligi sababli, bugun ehtiyotkor o‘yin ko‘rsatamiz deb o‘ylayman.

— Sizningcha, raqib jamoangizning kuchli tomonlari nimada?
— O‘rganish jarayonida, raqiblarimizning kuchli tomoni himoya, kuchli intizom va oxirigacha kurashish qobiliyati ekanligiga amin bo‘ldik. Albatta, biz bu jihatlarning barchasini hisobga oldik va shu asosda o‘yinni quramiz.

— Oxirgi o‘yindan keyin jamoangizga nima dedingiz? Va jamoa hozir qanchalik tayyor?
— Jamoamga keyingi o‘yinga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishimiz kerakligini, ortiqcha his-tuyg‘ularsiz maqsadimizni amalga oshirishimiz zarurligini aytdim. Agar jamoa avval ham doim ko‘rsatgan o‘yinni ko‘rsata olsa, jamoada finalga chiqish uchun yetarlicha kuch va imkoniyatlar bor. Jamoa bugungi o‘yinga 100 foiz tayyor. Biz tiklanish mashg‘ulotlarini o‘tkazdik. Bizda jarohat olgan futbolchilar bilan muammo yo‘q. O‘ylaymanki, keyingi o‘yinga to‘liq tayyorgarlik ko‘rganmiz va zimmamizga yuklatilgan vazifani uddalay olamiz.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 12:28, 23.08.2022.
O'qildi: 2132 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.