Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Damir Temirov: «Murabbiy professional bo‘lishimizni talab qiladi»

Damir Temirov: «Murabbiy professional bo‘lishimizni talab qiladi»

Baho:
+ | -

Joriy yilgi mavsumga katta o‘zgarishlar bilan kirishgan Bekobodning «Metallurg» jamoasi Superliganing ikkinchi davrasi 14-turida - Toshkent viloyati derbisida AGMK mehmoni bo‘lgandi.

O‘sha o‘ziga xos «jang»da mehmonlar yarim himoyachisi Damir Temirov tomonidan urilgan yagona - Mirjalol Qosimov uslubidagi gol Luisma Ernandes shogirdlariga g‘alaba keltirgandi. Qizig‘i, bunday goldan aynan Qosimov jamoasi aziyat chekdi. Butun bekobodlik muxlislar qahramoniga aylangan futbolchi o‘sha uchrashuv va bosh-qa bir qator qiziqarli mavzularda gapirib berdi.

- Keling, suhbatimizni shiddatli derbi haqida boshlasak.

- Tomoshabop va kurashlarga boy keskin o‘yin bo‘ldi. Chinakam Toshkent viloyati derbisi bo‘ldi. Ikkinchi davrani munosib boshlay oldik. Muxlislar va jamoadoshlarimga rahmat aytaman.

- «Metallurg» bu yil ikkita o‘yinda ham AGMKni mag‘lub etishga erishdi...

- Ha to‘g‘ri, biz har bir o‘yinga raqibdan kelib chiqib tayyorgarlik ko‘ramiz. Ularni o‘rganamiz. Murabbiylar bu borada tegishli ko‘rsatmalarni berishadi. Nasib qilsa yana muxlislarimizni mana shunday g‘alabalar bilan xushnud etamiz.

- Burchakdan to‘g‘ri raqib darvozasini ishg‘ol qildingiz. Bu qanday amalga oshdi? Maqsad to‘pni darvozaga yo‘lashmidi yoki...?

- Bilasizmi, mashg‘ulotlarda standartlar ustida ko‘p ishlaymiz. Golga kelsak, bu mana shu mashg‘ulotlar samarasi, deb o‘ylayman. Ha, omadim keldi. Umid qilamanki, bu oxirgisi bo‘lib qolmaydi. Mazkur golim tufayli jamoa-ga yordamim tekkanidan xur-sandman.

- Joriy yilgi Superliga bahslari barcha jamoalar singari «Metallurg» uchun ham oson kechmayapti.  Xo‘sh, qayd etilayotgan natijalarga rahbariyat qanday munosabatda?

- Bugungi natijadan hammamiz xursandmiz, lekin turnir jadvalidagi holatimizdan qoniqish hosil qilmayapmiz. Oldinga o‘sishda davom etishimiz kerak.

- Ona shahringiz bosh jamoasi «Dinamo» ikkinchi davra arafasida sizni ort-ga qaytarmoqchi bo‘lgani qanchalik haqiqatga yaqin?

- Ha to‘g‘ri, shunday taklif bo‘ldi. Lekin bu haqda gapirishni xohlamayman.

- Ispaniyalik murabbiyning futbolchilarga qo‘yayotgan asosiy talabi nimalardan iborat?

- Umuman olganda bizdan professional bo‘lishni talab qiladi. Futbolchi sifatida o‘sishimiz va jamoa o‘yinini kuchaytirish mumkin bo‘lgan har qanday vaziyatda ko‘rsatmalarni atroflicha tushuntiradi.

- Luisma Ernandes o‘zaro suhbatlarda o‘zbek futbolchilari va Superligamiz saviyasi haqidagi fikr­lari bilan o‘rtoqlashadimi?

- Bizning bor etiborimiz o‘yinimizni kuchaytirish va bo‘lajak uchrashuvlarga qaratilgan. Bosh murabbiyimiz hamisha bizga hech bir jamoadan kuchsiz emasligimizni ta’kidlaydi.

XURSHID suhbatlashdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:00, 23.08.2022.
O'qildi: 1435 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.