Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

“So‘g‘diyona” OFK kubogi tayyorgarligi sabab 2 ta uchrashuv sanasi masalasida taklif bilan chiqdi

“So‘g‘diyona” OFK kubogi tayyorgarligi sabab 2 ta uchrashuv sanasi masalasida taklif bilan chiqdi

Baho:
+ | -

Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi OFK kubogining chorak finaliga qadar yetib keldi. 6 sentyabr kuni Ulug‘bek Baqoyev jamoasi o‘z uyida Honkong klubini qabul qiladi. 

Taqvim tuzilayotgan bir vaqtda O‘zPFL Jizzax klubining chorak finalda ehtimoliy to‘p surishini inobatga olgan. Biroq bu vaqtda milliy terma jamoaning sentyabr oyidagi rejalariga aniqlik kiritilmagani sabab, Coca-cola Superliganing 19-tur uchrashuvlari FIFA sanasigacha taqab qo‘yilmagandi. 

Ma’lumki, milliy terma jamoaning sentyabr oyidagi o‘yinlari sanasi hozirgacha aniq emas. “So‘g‘diyona” esa OFK kubogi sabab zichlik yuzaga kelayotgan taqvimida biroz yengillik olish istagini bildirgan. O‘zPFL vaziyatdan kelib chiqib, xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan jamoa taklifiga rozilik bildirdi. Unga ko‘ra, Jizzax klubining “Neftchi”ga qarshi 16-turdan qolib kelayotgan o‘yini 13 emas, balki 14 sentyabrda bo‘lib o‘tadi. O‘z-o‘zidan chempionatning 19-turidan joy olgan “Metallurg” — “So‘g‘diyona” hamda “Neftchi” — “Dinamo” o‘yinlari 18 sentyabr kuni o‘tkaziladi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 15:11, 24.08.2022.
O'qildi: 2324 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик