Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

«Arsenal», seni CHL kutmoqda!

«Arsenal», seni CHL kutmoqda!

Baho:
+ | -

Mikel Arteta boshqaruvidagi «Arsenal»ning APL mavsumiga dadil kirishgani jamoa muxlislarini to‘lqinlantirib yuborgani tayin.

Zero, ular chempionlikni sog‘inishgan, CHL o‘yinlarini rosa qo‘msashgan. Ha, hozirgi holatda «kanonirlar»ning APL oltin medaliga chinakamiga chang solishlari qiyin masala, lekin loaqal CHL hududini ko‘zlashlari shart. Londonlik fanatlar (albatta, «Arsenal»niki) talabi ham shu.

Mana, «Arsenal» APL-2022|2023ning dastlabki 2ta turida «Kristall Pelas» va «Lester»ni dog‘da qoldirib, 6 ochko oldi. Bunday startdan so‘ng hamma yana eski mavzuga yopishdi - London klubining oxirgi chempionlikdan keyingi natijalari. Ha, «Arsenal» buyuk Arsen Venger bilan 2003G‘2004 yillar mavsumida taxtga ko‘tarilgani bo‘yicha chempionlik masalasida sukut saqlamoqda. Boz ustiga, jamoa oxirgi 5 mavsumda CHL yo‘llanmasini ham yutolmadi. «Kanonirlar» bu safar qora an’analardan loaqal bittasiga barham bera olishadimi? Barchasini vaqt va o‘yinlar ko‘rsatadi, albatta. 

«ARSENAL» 2004 YILDAN BUYON APLda 

1-o‘rin: 1 marta

2-o‘rin: 2 marta 

3-o‘rin: 4 marta

4-o‘rin: 6 marta 

5-o‘rin: 3 marta 

6-o‘rin: 1 marta

7-o‘rin: - 

8-o‘rin: 2 marta
***
Agar vaqtni 12 oy orqaga qaytarsak, «Arsenal»ning Premyer-Liga tarixidagi eng yomon startiga guvoh bo‘lamiz. Hozir esa klub 2004 yildan buyon ilk marta mavsum boshida qatorasiga 3 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, peshqadamlik qilmoqda. 

Shanba kuni «kanonirlar» «Bornmut»ni 3:0 hisobida yengib, 6 yil ichida birinchi marta turnir jadvalining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi va bu mavsumda hali ochko yo‘qotmagan yagona klubga aylandi. 

«Uchta o‘yin, uchta g‘alaba, to‘qqizta gol urilgan, ikkita gol o‘tkazib yuborilgan – ajoyib burilish», deb yozdi GOAL.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 24.08.2022.
O'qildi: 2475 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.