Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Vest Xem"ning umidlari puchga chiqdi

"Vest Xem"ning umidlari puchga chiqdi

Baho:
+ | -

"Vest Xem"ning "Lion" yarim himoyachisi Lukas Paketani qo‘lga kiritishga urinishi muvaffaqiyatsiz tugadi.

L'Equipe xabariga ko‘ra, fransuz klubi braziliyalik futbolchini 50 million yevroga yaqin summaga (bonuslar bilan birga) sotishdan bosh tortgan.

Futbolchining o‘zi ham London jamoasiga o‘tishga qarshi emas, lekin u Braziliya terma jamoasining JCH-2022 tarkibidan joy olish uchun "Lion"da qolganidan xursand.

"Lion" Paketni sotishga tayyor, ammo rekord darajadagi pul evaziga buni amalga oshirish niyatida. Hozircha jamoaning asosiy transferi Tanguy Ndombelening 60 million yevro evaziga "Tottenxem"ga ketishi hisoblanadi.

"Vest Xem" taklifni sezilarli darajada yaxshilashni rejalashtirmayapti, ammo "Lion" fikrini o‘zgartirsa, braziliyalikning agentlari hozir Londonda. Shuningdek, ular Premyer-liganing yana bir qancha klublari bilan uchrashuvlar o‘tkazishmoqchi.

O‘tgan mavsumda Paketa Liga 1da 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi.

Kiritildi: 09:27, 25.08.2022.
O'qildi: 1119 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик