Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Diyor Imomxo‘jayev ayollar chempionati borasida O‘FAga e’tiroz bildirdi

Diyor Imomxo‘jayev ayollar chempionati borasida O‘FAga e’tiroz bildirdi

Baho:
+ | -

Sentyabr oyidagi Osiyo o‘yinlari bekor qilinganiga ancha bo‘ldi. 30 may kuni O‘zbekiston ayollar termasining yaponiyalik bosh murabbiyi bilan ko‘rishib, uning rejalari haqida gaplashdik. Osiyo o‘yinlari unga kerak edi. Bekor bo‘lgani uchun sentyabr oyidagi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga bormoqchi ekani, undan keyin Yaponiyada yig‘in o‘tkazmoqchi ekanligini aytdi. Biz undan chempionatni ham hurmat qilishni iltimos qildik. Chunki 20-23 nafar qiz terma ixtiyorida 1 oyga yaqin bo‘ladi, chempionatdagi 200 ga yaqin qolgan qizlar esa bu vaqtda o‘yin amaliyotisiz qoladi. Mutaxassis buni tushundi.

Uning shu rejasi tasdiqlanguniga qadar, ayollar chempionatining II davra taqvimini shakllantirishning iloji bo‘lmadi (iyulgacha hal bo‘lishidan umidvor edik). Kutishda davom etsak, klublarni qiynaymiz, ayollar chempionati ortga ketaveradi. Avgust planini tuzib chiqdik. Yaponiya safaridan darak bo‘lavermagach, rasmiy FIFA kunlaridan kelib chiqib, taqvimni shakllantirdik. Va bugun ma’lum bo‘lmoqdaki, ayollar termasi 30 avgust kuni yig‘iladi, Yaponiyaga boradi va 14 sentyabr kuni qaytib keladi. Men bunda murabbiyni tushunaman. Unga yig‘in kerak.

Biroq gap shundaki, biz 12 sentyabrga tur qo‘yganmiz (endi u bekor bo‘lish arafasida). Rejamiz bo‘yicha ayollar chempionati 30 noyabr kuni yakuniga yetishi kerak. Agar biz yig‘in haqida avvalroq bilganimizda, avgust so‘ngiga qadar o‘sha 12 sentyabrga reja qilingan turni o‘tkazib olardik. Sevinch ham bu haqda murojaat bilan chiqdi. Qolganlarda ham bo‘sh vaqt va imkoniyat bor edi. Endi bizda ikkita xavotirli muammo bor. Birinchidan, ayol futbolchilar kamida 28 kun o‘yin amaliyotisiz qolib ketadi. Sababi 2 ta: FIFA kunlaridan tashqariga bemalol chiqib ketyapmiz va chiqqanda ham hammasini 5 kun qolganda hal qilyapmiz. Ikkinchidan, biz noyabr so‘ngiga qadar chempionatni yakunlashimiz kerak. Chunki ayol futbolchilar bilan shartnomalar shu kungacha tuzilgan. Undan chetga chiqiladigan holatlar klublar uchun ortiqcha muammo yaratib berishdan boshqasiga yaramaydi.

May oyida qizlarimiz Mo‘g‘ulistonga ketishiga to‘g‘ri kelganida ham tur uchrashuvlariga 10 kun qolganida o‘yinlarni ko‘chirishga to‘g‘ri kelgandi.

O‘zPFL ayollar chempionati va birinchiligi uchun to‘liq javobgar. Biz ayollar jamoalaridan pul olmaymiz va qo‘shimchasiga buning uchun O‘FA moddiy yordam bermaydi. Vaholanki ko‘plab davlatlarda ayollar musobaqalari assosiasiyalar tomonidan tashkil etiladi. Menimcha, bu haqda jiddiy gaplashib olish kerak. Biz ayollar chempionatini hurmat qilishga chaqiramiz. Bunday hurmat ko‘rmasak, ayollar chempionatini assosiasiya tashkil qilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Chunki rejali ish qilib o‘rgandik, muammolarni tuxum taqalib kelganida yechish bilan biror narsaga erishib qolmaymiz.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 17:58, 25.08.2022.
O'qildi: 1788 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.