Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Nagelsmann: "Umid qilamanki, "Barselona" bilan o‘yinlarda avvalgi yillardagidek muvaffaqiyatga erishamiz"

Nagelsmann: "Umid qilamanki, "Barselona" bilan o‘yinlarda avvalgi yillardagidek muvaffaqiyatga erishamiz"

Baho:
+ | -

"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Chempionlar ligasi qur’a tashlash marosimiga munosabat bildirdi.

Uning jamoasi "C" guruhida "Barselona", "Inter" va "Viktoriya Plzen"ga qarshi bahs olib boradi.

“Bu juda qiyin guruh, qiyinchiliklarga to‘la. “Inter” yaxshi shakllangan. U xalqaro maydonda bir necha bor muvaffaqiyatga erishgan va keyingi yillarda yana kuchaydi.

"Barselona"ga kelsak, albatta, Levandovski bilan bo‘lgan voqeadan uzoqlashib bo‘lmaydi. Umid qilamanki, bu jamoa bilan o‘yinlarda avvalgi yillardagidek muvaffaqiyatga erishamiz.

"Viktoriya" Chexiya chempioni bo‘ldi, Praga klublarini ortda qoldirdi, bu katta ish.

Biz boshidan diqqat bilan ishlashimiz kerak va biz turnir boshlanishini intiqlik bilan kutmoqdamiz”, dedi Nagelsmann.

Kiritildi: 09:29, 26.08.2022.
O'qildi: 2938 marta.
Fikrlar: 41 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик