Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Ronaldu yana murabbiy bilan janjallashdi. Ten Xag uni hammaning ko‘z o‘ngida qattiq xaqorat qildi

Ronaldu yana murabbiy bilan janjallashdi. Ten Xag uni hammaning ko‘z o‘ngida qattiq xaqorat qildi

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronalduning faoliyatidagi qora kunlar davom etmoqda. Uni jahon yulduziga aylantirgan "Manchester Yunayted" klubiga qaytishi uning faoliyati uchun ajoyib yakun bo‘lishi kerak edi. Lekin, aslida, Manchesterdagi kambek portugaliyalikka dahshatni eslatadi.

Erik ten Xagning bosh murabbiy bo‘lib kelishi bilan portugaliyalik daxlsiz bo‘lishni to‘xtatdi. U maydonda borgan sari o‘rinsiz bo‘lib bormoqda. Masalan, o‘tgan haftada "Liverpul"ga qarshi bo‘lib o‘tgan eng muhim uchrashuvda Ronaldu faqat so‘nggi 4 daqiqada maydonga tushdi. Superyulduz uchun bu xaqoratdek gam emasmi?

Buning bir qancha sabablari bor. Birinchidan, Krishtianuning o‘yin uslubi yuqori bosimni targ‘ib qiluvchi Ten Xagning taktik g‘oyalariga to‘g‘ri kelmaydi. Ronaldu esa allaqachon 90 daqiqa shu tarzda o‘ynashga bardosh bera olmaydi.

Ikkinchidan, portugaliyalikning o‘zi murabbiydan noroziligini bildirdi - u mashg‘ulotlarda qarorlarini muhokama qiladi, kiyim almashtirish xonasida uni ochiqchasiga tanqid qiladi. Qolaversa, Ronaldu jamoadan alohida yolg‘iz ovqatlanadi.

Kuni kecha Britaniya OAVlarida qiziqarli epizod paydo bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, “Brendford”ga 0:4 hisobida sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng Ten Xag butun jamoani to‘plagan, shunda har bir o‘yinchi o‘z fikrlarini bildirishi va inqirozdan chiqish yo‘li bo‘yicha o‘z qarashlarini taklif qilishi mumkin edi.

Ammo niderlandiyalik o‘zining nutqida klub rahbariyati uni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Hatto u juda qattiq qarorlarini qabul qilsa ham. Ten Xag, shuningdek, uning obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan odamlarning jamoada bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi.

Shundan so‘ng u butun jamoa oldida Ronalduga tanbeh berdi. Va unga hujumchi "Liverpul"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibga kirmasligini aytdi. Ronaldu bugungi “Sautgempton”ga qarshi bahsda ham asosiy tarkibga kiritilmadi.

Ronalduning o‘zi yig‘ilishda indamadi. Lekin u, albatta, xulosalar chiqardi. Agar shunday suhbatdan keyin ham Krishtianu Manchesterda qolsa, bu juda ajablanarli bo‘ladi. To‘g‘ri, yana bir muammo bor - Yevropaning hech bir top-klubi hali moliyaviy talablari juda yuqori bo‘lgan futbolchini qabul qilish istagini bildirmagan. Demak, Manchesterni tark etish bu juda katta tavakkal. Kamida olti oy jamoasiz qolish xavfi katta. Transfer oynasi yopilishigacha bo‘lgan vaqt esa qisqarib bormoqda.

Kiritildi: 16:22, 27.08.2022.
O'qildi: 21053 marta.
Fikrlar: 31 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.