"PSJ" "Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruis transferi shartlarini kelishib oldi, deb xabar beradi Le Parisen.
Bitim 25 million yevroni tashkil qiladi. Futbolchi parijliklar jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Yaqin orada 26 yoshli ispaniyalik tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng kelishuv rasman e’lon qilinadi.
Ruis o‘tgan mavsum A Seriyada 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.













