Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Superliga. «Metallurg» – «Qo‘qon-1912». Prevyu

Superliga. «Metallurg» – «Qo‘qon-1912». Prevyu

Baho:
+ | -

“Qo‘qon 1912” va “Metallurg” jamoalari mamlakat milliy chempionatlari doirasida 25 marta to‘qnash kelgan. Mazkur o‘yinlarning 12 tasida “Metallurg”, 11 tasida “Qo‘qon 1912” jamoasi g‘alaba qozongan. 2 ta uchrashuvda durang qayd etilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqida poytaxt viloyati kichik ustunlikka ega – 36:34.

“Metallurg” mazkur jamoalar raqobatidagi eng yirik g‘alabasini 2000 yilgi chempionatda qo‘lga kiritgan. Bekobodliklar o‘sha mavsum o‘z maydonlarida 6:1 hisobida zafar quchgan. Qo‘qonliklarning yirik g‘alabasi 5:1 (1999) va 4:0 (2003) ko‘rinishini olgan. Jamoalarning birinchi mavsumdagi (1998) har ikkala uchrashuvida bir xil hisobli durang qayd etilgandi – 1:1.

Bu yilgi mavsumning Yaypanda o‘tgan birinchi davra uchrashuvi taqdirini 21-daqiqada Shahzodbek Nurmatov tomonidan kiritilgan yagona gol hal etgandi.

Jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan 12 ta o‘yinida 9 marta mezbonlar zafar quchishgan, 1 ta o‘yinda durang qayd etilgan. Yana 2 ta bahs mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlangan.

Quyida ushbu jamoalarning Bekobodda bo‘lib o‘tgan barcha uchrashuvi natijasi bilan tanishing:

19.09.2021. Metallurg – Qo‘qon 1912  0:1
06.03.2020. Metallurg – Qo‘qon 1912  1:0
27.04.2019. Metallurg – Qo‘qon 1912  3:1
13.07.2018. Metallurg –  Qo‘qon 1912  2:1
22.09.2017. Metallurg –  Qo‘qon 1912  3:0
30.04.2016. Metallurg –  Qo‘qon 1912  3:1
06.06.2015. Metallurg –  Qo‘qon 1912  2:1
14.05.2003. Metallurg –  Qo‘qon 1912  3:1
23.03.2002. Metallurg –  Qo‘qon 1912  0:2
20.09.2000. Metallurg –  Qo‘qon 1912  6:1
18.04.1999. Metallurg –  Qo‘qon 1912  2:0
29.05.1998. Metallurg –  Qo‘qon 1912  1:1

“Qo‘qon-1912” haqida

“Qo‘qon 1912” jamoasiga o‘tgan asrda – 1912 yilda asos solingan. Jamoa turli yillarda “Mehnat”, “Avtomobilchi” nomlari bilan musobaqalarda qatnashib kelgan. Mustaqil chempionatlarimizda esa 1992 – 2001 yillar oralig‘ida oliy liga bahslarida “Temiryo‘lchi” nomi ostida ishtirok etgan. O‘zbekiston kubogining birinchi finalchisi. 2002 yildan quyi ligaga tushib ketdi va “Qo‘qon” (2002-2008), “Bunyodkor-Qo‘qon” (2009-2011) nomlari ostida kuchlilar safiga qaytishga harakat qildi. 2012 yildan “Qo‘qon 1912” nomini olgan jamoa 2015 yildan yana oliy ligada ishtirok etib kelayapti.

Shu yillar davomida “Qo‘qon 1912” jamoasi kuchlilar safida 496 ta uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur o‘yinlarning 176 tasida g‘alaba qozondi, 86 uchrashuvda durang qayd etdi, 234 o‘yinda esa imkoniyatni boy berdi. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati – 653:861. Jamoaning eng yirik g‘alabasi – 5:1 (1992 – “Yangiyer”, 1999 – “Metallurg”, “Andijon”), eng yirik mag‘lubiyati – 1:7 (2000 – “Paxtakor”, 2019 – AGMK).

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 07:17, 29.08.2022.
O'qildi: 1151 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.