Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Pol Pogba tovlamachilar tomonidan tahdidga uchrayotganini ma’lum qildi

Pol Pogba tovlamachilar tomonidan tahdidga uchrayotganini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Yuventus» yarim himoyachisi Pol Pogbaning oilaviy mojarolari borasida yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining akasi Matias Pogba shantaj yo‘li bilan undan 13 million yevroga yaqin pul undirmoqchi.

Bir necha kun avval Matias ijtimoiy tarmoqda video murojaat qoldirgan. Unda Matias Pol Pogba, uning agenti Rafael Pimenti va Kilian Mbappega oid katta shov-shuvlarga sabab bo‘ladigan video borligini ma’lum qilgan.

Prokuratura «uyushgan guruh tomonidan shantaj qilishga urinish» bo‘yicha ish qo‘zg‘agan. Get French Football News nashri xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchini joriy yilning mart oyida bolalikdagi do‘stlari va ikki nafar qurollangan shaxs Parijdagi uyga aldov yo‘li bilan chaqirgan va Poldan 13 million yevro talab qilgan. Talonchilar Pogbaga u professional futbol faoliyatini boshlagandan buyon ularga yordam berishni to‘xtatganini aytgan.

Pogbadan «ko‘rsatilgan xizmatlar» uchun pul talab qilingan — go‘yoki ular Polni 13 yil davomida yashirincha qo‘riqlab kelgan. «Yuventus» futbolchisining ta’kidlashicha, bundan keyin u akasi Matias va bolalikdagi do‘stlari tomonidan tahdidga uchray boshlagan.

Fransuzning qo‘shimcha qilishicha, Parijdagi voqeadan so‘ng u tovlamachilarni yana bir necha bor, shu jumladan, 2022 yilning iyul oyida Turindagi «Yuventus» bazasida ham ko‘rgan. O‘shanda akasi Matias ham ushbu guruhga kirishini bilib qolgan. Pol «keksa sinyora» yuristiga murojaat qilgan, u esa ishni polisiyaga oshirgan.

Pogba polisiya xodimiga doimo bolalikdagi do‘stlariga yordam berib kelganini, yanvar oyida do‘stlaridan birini bank kartasidan 200 ming yevro o‘g‘irlaganlikda ayblab, Manchesterdagi uyidan haydab chiqarishga majbur bo‘lganini aytib bergan.

Tergov natijalari Mbappe ushbu voqeaga tovlamachilarning Pogba haqidagi tarqatgan ma’lumotlari sabab qo‘shilib qolganini ko‘rsatadi. Go‘yoki «Yuventus» xavbeki shamandan Kilianni afsun qilib qo‘yishini so‘ragan. Futbolchining o‘zi bu ayblovni rad etgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:47, 29.08.2022.
O'qildi: 3239 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.