Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Mirjalol Qosimov: "Kubok o‘yinini yaqinda o‘tkazganimiz sababli charchoq sezildi"

Mirjalol Qosimov: "Kubok o‘yinini yaqinda o‘tkazganimiz sababli charchoq sezildi"

Baho:
+ | -

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliga 17-turidan o‘rin olgan "Surxon"ga qarshi bahsdan so‘ng (2:1) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Avvalo barcha yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan Vatanimizning mustaqillik bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman. Bugun ajoyib va hujumkor futbol guvohiga aylandik. O‘yin qiziqarli va vaziyatlarga boy o‘tdi. Har ikkala jamoada golli vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Agarda tezroq uchinchi golni kiritganimizda, bahsni xotirjam yakunlardik.

Kubok o‘yini yaqinda o‘tkazganimiz sababli bugun jamoamizda charchoq sezildi. Baribir futbolni aldab bo‘lmaydi. Biz "Surxon"ga nisbatan bir kun kech o‘yin o‘tkazdik va uchrashuv ekstra taymlargacha cho‘zilgani bugungi bahsda futbolchilarning jismoniy holatiga ta’sirini ko‘rsatdi. Jamoa to‘liq tiklanishga ulgurmagandi. Shu bois ham o‘yinda to‘liq nazoratni ushlash qiyin bo‘ldi. Lekin shunga qaramay jamoam bugun oxirigacha kurashdi. Futbolchilar o‘zlarida kuch topib, ko‘plab vaziyatlar yaratishdi.

Muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik. Bugungi o‘yin uchun yigitlarga rahmat aytaman va bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. AGMK aynan muxlislarni xursand qilish uchun o‘ynaydi. Bu o‘yin endi tarix. Biz endilikda kubok doirasidagi "Andijon"ga uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz", - dedi Qosimov.

Manba: АГМК клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 06:08, 30.08.2022.
O'qildi: 1154 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.