Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Dest "Barselona" rahbariyatiga ketish istagini bildirdi

Dest "Barselona" rahbariyatiga ketish istagini bildirdi

Baho:
+ | -

Serjinyo Dest "Barselona"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin.

21 yoshli o‘ng qanot himoyachisi ingliz klubiga o‘tishga tayyor, ammo kelishuvning muvaffaqiyati bir qancha omillarga bog‘liq, deb xabar beradi ESPN o‘z manbalariga tayanib.

Dest La Liganing dastlabki uch turida "Barsa" tarkibida maydonga tushmadi. Bosh murabbiy Xavi futbolchiga yangi klub izlashni maslahat bergan.

Dastlab, amerikalik Kataloniya klubini tark etishni istamagan, biroq manbalarga ko‘ra, uni "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkinligi qiziqtirgan.

"MYU" bosh murabbiyi Erik ten Xag Dest bilan "Ayaks"da ishlagan va uni o‘z jamoasida bo‘lishini istaydi. Biroq Serjinyoning transferi Aaron Van-Bissakaning kelajagiga bog‘liq. 24 yoshli futbolchiga yozda "Kristal Pelas" va "Vest Xem" qiziqish bildirgandi, ammo u hozircha "Manchester Yunayted"da qolmoqda.

"Manchester Yunayted" vositachilar orqali "Barsa"ga Van-Bissakani Destaga almashtirishni taklif qildi, ammo kataloniyaliklarni bu variant qiziqtirmadi. Destni qo‘lga kiritish uchun "Yunayted" 2020 yilda "Barsa" "Ayaks"ga to‘lagan miqdorni - taxminan 20 million yevro to‘lashi kerak edi. Biroq, "Barsa"ning Serjinyodan qutulish istagini inobatga olgan holda, manbalar klub moliyaviy talablarini kamaytirishga yoki hatto Dest bilan ijara shartnomasini ko‘rib chiqishga tayyor bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Kiritildi: 12:43, 31.08.2022.
O'qildi: 4002 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.