Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

"Ayaks" zo‘r transferdan voz kechish arafasida

"Ayaks" zo‘r transferdan voz kechish arafasida

Baho:
+ | -

"Sevilya"dan "Ayaks"ga o‘tayotgan yarim himoyachi Lukas Okamposning transferi xavf ostida.

De Telegraaf xabariga ko‘ra, klublar yarim himoyachini 20 million yevro evaziga transfer qilishga rozi bo‘lishgan, biroq keyin "Ayaks" rahbariyati bu summani juda katta deb hisoblagan, shuningdek, Okamposga bunday katta maosh berishga arzimaydi degan qarorga kelgan. Natijada bugun ertalab “Ayaks” kelishuvdan chiqdi.

"Ayaks"dagi manbalarning aytishicha, futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun allaqachon Amsterdamga uchib bo‘lgan, biroq Niderlandiya klubining rejalaridagi o‘zgarishlardan xabar topgach, u Andalusiyaga qaytgan.

Vaziyat Antonining "Manchester Yunayted"ga sotilishiga qarshi chiqqan va klub qaroridan g‘azablangan "Ayaks" bosh murabbiyi Alfred Shroyderga zarba bo‘ldi. Okampos braziliyalikning o‘rniga sifatli bo‘lishi mumkin edi.

O‘shanda "Sevilya" Okamposni arzonroq sotishga tayyorligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi, chunki klubga o‘tayotgan Adnan Yanuzayni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ularga bu transfer kerak edi. Shu munosabat bilan ispanlar “Ayaks”ga Okamposni 15 million yevro evaziga sotib olishni taklif qilishdi.

Yaqin soatlarda "Ayaks" direktorlar kengashi ushbu shartlar bo‘yicha kelishuvni ma’qullaydimi yoki yo‘qmi aniq bo‘ladi.

Okampos o‘tgan mavsumda "Sevilya" safida 42 o‘yinda 9 gol urdi va 6 golga assistentlik qildi. U joriy mavsumda La Liganing uchta o‘yinida maydonga tushdi va gol ura olmadi.

Kiritildi: 15:48, 31.08.2022.
O'qildi: 2317 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик