Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

O‘tkir Yusupov: «O‘zbekiston kubogini ham qo‘lga kiritishni niyat qilganmiz»

O‘tkir Yusupov: «O‘zbekiston kubogini ham qo‘lga kiritishni niyat qilganmiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi chorak finalidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Paxtakor” o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 31 yoshli tajribali darvozaboni O‘tkir Yusupov bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Xabaringiz bor, jamoamiz 28 avgust kuni Coca Cola Superligasining 17-turidan o‘rin olgan bahsda aynan “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushgan va o‘sha o‘yinda 1:1 hisobidagi jangovar durang qayd etilgandi. Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Coca Cola kubogi chorak finalida ham “sherlar” bilan kuch sinashadigan bo‘ldik.

Bu safargi uchrashuv oldingisidan ham ko‘ra, keskin va shiddatli kurashlar ostida kechishi aniq. Boisi, bo‘lajak o‘yinda endi durang bo‘lmaydi va qaysidir jamoa zafar quchishi shart.        

Shuning uchun ushbu bellashuv “Finaldan oldingi final” deya e’tirof etilmoqda hamda bo‘lajak bahsga qiziqish o‘ta yuqori.

Biz – futbolchilar ham mazkur o‘yinning qanday ahamiyatga ega ekanligini tushunib turibmiz va bo‘lajak bellashuvda g‘alaba qozonish, muxlislarga quvonch ulashish, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qilamiz hamda buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Boisi, joriy mavsumda O‘zbekiston kubogini ham qo‘lga kiritishni niyat qilganmiz. Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman.  

Fursatdan foydalanib, bizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” PFK rahbariyati, jumladan, klub prezidenti Otabek Arifovich Samatovga jamoamiz nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Jamoamiz joriy mavsumda o‘z oldiga qo‘ygan yuksak maqsad, ya’ni, Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun oxirigacha kurash olib boradi hamda buni amalga oshirish uchun biz – futbolchilar qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz", — dedi Yusupov "Navbahor" klubi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 08:00, 01.09.2022.
O'qildi: 2624 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.