Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Diyor Imomxo‘jayev Nikimbayevning aybloviga javob qaytardi

Diyor Imomxo‘jayev Nikimbayevning aybloviga javob qaytardi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston professional futbol ligasi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi kanali orqali taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayevning telegramdagi "post"iga javob qaytardi.

Avvalroq Nikimbayev quyidagi mazmunda xabar qoldirgandi:

"Mish-mishlarga qaraganda, Ispaniya futbol federasiyasi ispaniyalik murabbiylarga, toki O‘zbekistonda ishlash ikir-chikirlarini o‘rganmagancha, yurtimizda ishlashni taqiqlamoqchi.

Dastlab "Surxon" bosh murabbiyi zaxira o‘rindig‘ida planshetdan foydalangani uchun jarimaga tortildi.

Endi esa "Metallurg" bosh murabbiyi O‘zbekiston kubogi bahsining asosiy vaqtida foydalanilmagan o‘yinchi almashtirish imkoniyatidan nima uchun qo‘shimcha bo‘limlarda foydalana olmasligini tushunmayapti.

Ispaniyalik murabbiylar qiziq odamlar ekan. Yurtimizga kelib, barchasi o‘zlari ko‘nikkanidek bo‘lishini istashadi".

--------------------------------------------


Diyor Imomxo‘jayevning javobi esa quyidagicha bo‘ldi:

"Ham professional, ham ommaviy futbol yugur-yuguri bilan bo‘lib, ayrim masalalarga vaqt ajrata olmayapmiz. Quyidagi ikki masalada pozisiyamizni bildirishimiz kerak (kechroq bo‘lsa ham).

Tartib-intizom qo‘mitasi "Surxon" klubining ispaniyalik murabbiyini planshet ishlatgani uchun maydondan chetlatgani yo‘q. Futbolchilar harakatini masofadan turib tekshirishda as qotadigan planshet, noutbuk kabi vositalardan foydalanishda taqiq ham yo‘q. Ispaniyalik murabbiy planshet orqali uchrashuvni jonli efirda tomosha qilgan va har safar takroriy lavhalarni bosh hakamga ko‘rsatishga urinib, vaqtini zoye ketkazgan, keyinchalik qo‘pollashishni boshlagan. Qator tushuntirishlar samara bermagach, hakam uni maydondan chetlatgan. Chunki e’tiroz bu tariqa bildirilmaydi. Reglamentda hakamlar qaroriga shikoyat kiritish tartibi alohida tushuntirib o‘tilgan. Shunchaki ayrim kishilar planshet uchun qizil berdi deb yozdi va PFL yomonotliq qilinishi uchun sharoit yaratdi. Fitnachilar sizga faqat 1 ta rakursni ko‘rsatib, boshqasi yashiradi.  

"Metallurg"ning ispaniyalik bosh murabbiyi O‘zbekiston Coca-cola kubogidagi futbolchi almashtirish masalasiga e’tirozini bildirdi. Vaholanki, unga yil avvalida Reglament taqdim etilgan, shundan kelib chiqib, "Metallurg" taklif kiritishi mumkin edi (Luisma Ernandes yaqinda kelmadi, u o‘tgan yil ham klubda ishlagan). Shunchaki "Metallurg" kubokda mag‘lub bo‘ldi va musobaqa bilan xayrlashdi. Buni izohlashda eng oson yo‘l, Reglament yoki uchinchi tomonni savolga ro‘baro qilish. FIFA va uning nizomlarini, u hatto ispaniyalik bo‘lgan taqdirida ham, bizdan yaxshiroq bilmaydi (biz ham futbolchilarni shug‘ullantirishni undan yaxshiroq bilmaymiz, albatta). Mutaxassis chet elniki degani – uning daho ekanini anglatmaydi. PFL ochiq tashkilot, agar kelasi yil ham O‘zbekistonda ishlamoqchi bo‘lsa, takliflarini berishi mumkin. Uni o‘rganib chiqishga tayyormiz".

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 08:32, 01.09.2022.
O'qildi: 6143 marta.
Fikrlar: 51 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.