Kirish Ro'yxatdan o'tish

Antoni "Manchester Yunayted" bilan rasmiy shartnoma imzoladi

Antoni "Manchester Yunayted" bilan rasmiy shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" "Ayaks"dan hujumchi Antoni transferini yakunladi.

Ingliz klubi matbuot xizmati 22 yoshli futbolchi bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagani haqida xabar berdi. Unda shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud.

30 avgust kuni “Ayaks” Antoni “Manchester Yunayted”ga 100 million yevro evaziga o‘tganini e’lon qildi. Amsterdamliklar 95 millionini kafolatlangan to‘lovlar, yana 5 millionini bonus sifatida oladi.

Antoni joriy mavsumda "Ayaks" safida barcha turnirlarda 3 ta o‘yinda 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:44, 01.09.2022.
O'qildi: 2262 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.