Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas 2-2 Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

Chempionlar ligasi. So‘nggi yillarda "o‘lim guruhi" qanday ko‘rinish olgan

Chempionlar ligasi. So‘nggi yillarda "o‘lim guruhi" qanday ko‘rinish olgan

Baho:
+1 | -

UYEFA Chempionlar ligasining qur’asi har yili bizga ajoyib to‘qnashuvlarni taqdim etadi. Bu yili ham albatta, ko‘pchilik "o‘lim guruhi" haqida bir hil fikrda. Demak, quyida biz so‘nggi o‘n yillikdagi "o‘lim guruh"lari bilan sizlarni tanishtiramiz. 

2011/2012 yilgi mavsum - A guruhi

"Bavariya" o‘sha mavsumda "Napoli", "Manchester Siti" va "Vilyareal"ga qarshi o‘yinlarda 13 ochko to‘plagan holda "o‘lim guruhi"da g‘olib chiqdi. Shuningdek, o‘sha yili inglizlar 10 ochko bilan Yevropa ligasiga yo‘l olishgan edi.

2012/2013 yilgi mavsum - D guruhi

Bir yil o‘tib, "Manchester Siti" yana "o‘lim guruhi"ga tushib qoldi va u yerda atigi uch ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi o‘rinni Dortmundning "Borussiya"si (14 ochko), ikkinchi o‘rinni "Real Madrid" (11 ochko), uchinchi o‘rinni "Ayaks" (4 ochko) egallagan edi.

2013/2014 yilgi mavsum - F guruhi

Oradan bir yil o‘tib, "Borussiya" yana "o‘lim guruhi"dan joy oldi va yana zafar quchdi. Shu bilan birga, "Dortmund", "Napoli" va "Arsenal" 12 ochkodan jamg‘argan bo‘lsa, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, "kanonirlar"  Yevropa ligasiga tushib ketgan edi.

2014/2015 yilgi mavsum - E guruhi

Pley-off uchun kurashda "Bavariya", “Manchester Siti”, "Roma" va Moskvaning SSKA jamoalari to‘qnash kelishdi. Myunxen favorit unvonini oqladi va 15 ochko bilan guruhda g‘olib chiqdi, "Siti" ikkinchi o‘rindan joy oldi, "Roma" esa Yevropa ligasi uchun kurashda g‘alaba qozondi.

2018/2019-mavsum - S guruhi

"PSJ", "Liverpul" va "Napoli" Pley-offda bor-yo‘g‘i ikkita o‘rin uchun kurash olib borishdi, u yerda parijliklar va skauzerlar guruhdan chiqishga muvaffaq bo‘lishdi (qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha). Guruh autsayderi "Srvena Zvezda" bo‘ldi.

2021/2022-mavsum - B guruhi

O‘tgan mavsumda "Atletiko Madrid", "Liverpul", "Portu" va "Milan" Pley-offga chiqish uchun o‘zaro kurash olib borishdi. "Liverpul" raqiblar qarshiligini sezmay, oltita o‘yinda ham zafar quchdi.

2022/2023-mavsum - S guruhi

Qura natijasiga ko‘ra, "Bavariya", "Barselona" va "Inter" bir guruhdan joy olishdi – oldingi 2 o‘rin uchun kurash jiddiy kechadi. "Viktoriya" 3-o‘rin uchun ham kurasha olmasa kerak, ammo 2-o‘rin nomini aniqlab berish qaysidir ma’noda ularga tegishli. 

M.Pardaboyev tayyorladi. 

Kiritildi: 00:10, 03.09.2022.
O'qildi: 7735 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.