Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Yolg‘iz otning changi chiqmas — Boeli klubning butun tizimini bir o‘zi yurgazmoqchi, ammo...

Yolg‘iz otning changi chiqmas — Boeli klubning butun tizimini bir o‘zi yurgazmoqchi, ammo...

Baho:
+ | -

"Chelsi"ning Boeli qo‘l ostidagi birinchi mavsumini baholaymiz: jamoa kuchli tarzda ko‘rinmoqda, ammo xaridlar aldamchi emasmi?

Klub egalarining imidji turli detallar asosida qurilgan. Ammo yangi boshliqlarning ambisiyalaridan biri bu birinchi transfer oynasi bo‘ldi. Abramovich baribir inqilobiy harakatlar ustasi bo‘lib qolaveradi: 2003 yilda Roman haqiqatan ham transfer bozorida turli xil yulduzlarni sotib olib, shov-shuv ko‘targan edi.

Ammo Roman davri 2022 yilda tugadi, taxtga Todd Boeli o‘tirdi. Petr Chex va Marina Granovskaya o‘z vazifalaridan ozod qilindi, bu esa hamma ishni Toddning o‘ziga qolganini anglatadi. Tuxel bilan birgalikda u juda katta rejalarga bel bog‘ladi - jamoa jami hozirgi tarkibni kuchaytirish uchun 250 million funtdan ortiq mablag‘ sarfladi.

Keling, Boelining birinchi transfer mavsumi natijalarini sarhisob qilishga harakat qilaylik.

Jamoada sport direktorining yo‘qligi

Bir paytlar Abramovich juda donolik bilan ish boshlagan edi. U o‘yinchilarni sotib olishda faqat o‘zining malakasi kamlik qilishini yaxshi tushundi, shuning uchun u "Manchester Yunayted"dan Piter Kenyonni sport direktori lavozimiga taklif qildi. Kenyon bir nechta ajoyib ishlarni amalga oshirdi, o‘yinchilar bilan shaxsan yaxshi ishladi - masalan, Robbenni klubda ushlab qoldi va gollandiyalikni "Chelsi" loyihasi yanada istiqbolli ekanligiga ishontirdi.

Boeli sport direktorini yollashga ulgurgani yo‘q. "Liverpul"ning sobiq mutaxassisi Maykl Edvards haqida mish-mishlar tarqaldi, ammo u futboldan tanaffus qilishda davom etmoqda. Shu bois, "Chelsi" kuzda bu lavozimga tajribali odam topishga qaror qildi. Bu katta xato, chunki transfer ishlarida sport direktorining figurasi muhim rol o‘ynaydi.

Transfer bozoriga nisbatan kechroq kirish

"Chelsi" bu yozni qolganlardan yaqqol ortda qolgan holda boshladi. "Arsenal" Gabriel Jezus, "Barselona" esa Levandovski va Kunde xaridi bilan ishlayotgan bir paytda, "Chelsi" yangi rahbariyat bilan muammolarni hal qilish bilan band edi: kim kimga bo‘ysunishi kerak, qanday byurokratik intrigalar bir-biriga mos keladi va shunga o‘xshash masalalar.

Ortiqcha to‘lovlar

Bu avvalgi ikki nuqtadan kelib chiqadi. Agar siz yangi lavozimga kirganingizda jamoa mexanizmi qanday ishlashini hali tushunmasangiz, raqiblaringiz bundan mamnuniyat bilan foydalanadilar. Agar Granovskaya iloji boricha kamroq pul evaziga bitim tuzish qobiliyati bilan mashhur bo‘lsa, Boeli ko‘pincha muammolarni aksincha yirik pullar evaziga hal qilgan. "Man Siti" Kukurelya uchun 50 million funt to‘lashga tayyor emasmidi? Todd esa 55 millionning bahridan juda oson kechib yubordi. Fofanni sotib olish kerakmi? Buning uchun salkam 70 million funt sarf qilindi! Boeli hatto, Rafinya uchun "Lids"ning ishtahasini qondirishga ham tayyor edi.

Xaridlar sifati

Bu yerda Boeli va Tuxel qo‘llaridan kelganini qilishdi. "Chelsi" uchun asosiy maqsad Kristensen va Ryudigerni favqulodda boshqa futbolchilarga almashtirish edi. Kulibali va Fofana bu yo‘lda ilhomlantiruvchi bo‘lib ko‘rindi. Ammo, afsuski, javob unchalik shoshilinch bo‘lmadi - Kulibali mavsumoldi ikkinchi haftada keldi. Obameyang forvard pozisiyasi uchun ajoyib qisqa muddatli tanlovdir. U Tuxel qo‘l ostida muvaffaqiyatga erishadi, chunki aynan Tomas qo‘l ostida gabonlik gol urish borasida eng zo‘r davrni o‘tkazgan edi. Albatta, Pyerda yana bir-ikki ajoyib mavsum bor. Ko‘rinishidan, Sterlingning transferi haqida umuman savol yo‘q - juda maqbul miqdor uchun sifatli xarid.

Bu yerda Kukurelya ishi savollar tug‘dirishi mumkin. Shoshilinch vazifa yo‘lida zarur bo‘lmagan futbolchi uchun 55 mln. Bu bir xil pozisiya uchun kadrlarning haddan tashqari ko‘pligi emasmi? Javobni mavsum oxirida olamiz.

Zakariyaning transferi juda muhim ko‘rinadi. «Chelsi» anchadan beri Kantening o‘rniga o‘rinbosar topmayapti. Agar fransuz jarohat olgan bo‘lsa, hech kim uning qo‘poruvchi vazifasini to‘liq qoplay olmaydi. Bu muammoli edi va uzoqdan misol izlash shart emas – yaqinda “Lids”dan uchralgan mag‘lubiyat bevosita N’Goloning jarohatidan kelib chiqqan. Zakariya bu muammoni hal qilishi kerak.

Zararga ishlash

Granovskayaning yaxshi bir prinsipi bor edi - u zararga futbolchi sotishni yoki o‘yinchilarni tekinga qo‘yib yuborishni xohlamasdi. Agar o‘yinchi sotib olinmagan bo‘lsa va uning shartnomasi yakunlanayotgan bo‘lsa, muammo har doim bir xil tarzda hal qilingan: Marina u bilan shartnomani yangilashdan oldin uni ijara bilan ta’minlar edi.

Boeli esa bu zanjirni buzdi. Haftasiga 100 ming funt sterlingdan ko‘proq oladigan Ross Barkli bilan shartnomani shafqatsizlarcha bekor qildi. Misha Batshuayi, Mett Miazga, Kenedi sotilgan - rahbar endi ularning maosh olishlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak edi. Boeli juda muhim narsani ko‘rsatdi - klub o‘z xatolarini tan olishdan qo‘rqmasligi kerak. Yaxshiroq natijaga umid qilib, ko‘p yillar davomida zaharlangan munosabatlardan ko‘ra ularni uzib tashlash yaxshiroqdir.

"Chelsi"ning bu transfer oynasiga 10 balldan 7,5 baho bersa bo‘ladi. Albatta, muammolar har doim bo‘lgan, ammo bu Boelining birinchi tajribasi xolos va bu birinchi qo‘ng‘iroq juda ambisiyali ko‘rindi. Kadrlar bilan bog‘liq muammolar hal qilindi, bundan tashqari, ular sifatli almashtirish yo‘li bilan hal qilindi. Kerakli ijrochilar qo‘shildi. Bir qancha yosh yulduzlar bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘lindi. Ayollar jamoasi ham juda kuchli tarzda kuchaytirildi. Ammo bu boshqa hikoya...

Kiritildi: 12:56, 03.09.2022.
O'qildi: 2772 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.