Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

«Sen futbol o‘ynashdan voz kechib, mening aytganimni qilasan, men seni rekordsmenga aylantiraman»

«Sen futbol o‘ynashdan voz kechib, mening aytganimni qilasan, men seni rekordsmenga aylantiraman»

Baho:
+ | -

Holandning «Manchester Siti» o‘yinidagi anormallik kishini hayratga soladi.

Transfer sodir bo‘lganida, hujumchining Gvardiola sistemasida, ayniqsa, qisqa va o‘rtacha paslar bilan o‘ynashda muammolarga duch kelishi mumkinligi xavotirga solgandi.

Hozircha, bunga ehtiyoj ham yo‘qligi namoyon bo‘lmoqda. Pep unga maydonda shunday rol topdiki, hujumchi deyarli futbol «o‘ynamay» turib, o‘zining eng ustun jihatlari bilan natijaga xissa qo‘shmoqda.

Qarang, o‘tgan 5 o‘yinda Holand atigi 48 marotaba aniq pas uzatgan. Buning 21 tasi dastlabki turda va 6 tasi maydon markazidan to‘pni o‘yinga kiritish chog‘ida bo‘lganini e’tiborga olsak, keyingi 4 o‘yinda - 21 pas, o‘rtacha bir o‘yinga 5.25 dan (masalan, Harri Keynda 22, Holandning o‘zi Dortmunddagi so‘nggi mavsumida, 13.6) to‘g‘ri keladi. Gvardiola jamoasida!

Shu bilan birga Holand 5 o‘yinda 9 gol urdi va 1 assistni amalga oshirdi. 9 goldan 5 tasi darvozabon maydonidan, 1 tasi penaltidan. 2 tasi 4-5 metr masofadan zarba berib amalga oshirilgan.

Bir jurnalist aytganidek, go‘yoki vaziyat yaratishda dunyoning eng zo‘r jamoasi vaziyatlardan foydalanishda dunyoning eng zo‘r hujumchisi bilan birlashdi. Qo‘rqinchli, to‘g‘rimi?

Demak, Holand ochiq zonalarda, keng xududda, qarshi hujumlarda top darajada o‘zini namoyon qilgan bo‘lsa-da, Gvardiola uchun muhim emas - jarima maydoni ichida, kerakli paytda kerakli vaziyatni his qila olasizmi, Pep tizimi sizni katta bombardirga aylantira oladi.

«Sen futbol o‘ynashdan voz kechib, mening aytganimni qilasan, men seni rekordsmenga aylantiraman» — ajoyib taklif.

Yana bir fikr, esingizda bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu o‘tgan yili «Manchester Siti»ga o‘tmoqchi bo‘lganda, ko‘pchilik Pep-Ronaldu juftligi u qadar samarali bo‘lmasligini taxmin qilgandi. Holandning Pep tizimidagi bugungi rolidan kelib chiqsak, aynan ronaldubop vazifa. Jarima maydoni ichida to‘pni qabul qilib, golga aylantirish bo‘yicha, Holanddan kam bo‘lmagan qaysi hujumchini bilasiz? Topdingiz...

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 14:14, 03.09.2022.
O'qildi: 5286 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик